Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Aksarayga tashrif buyurdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Aksarayda Adolat va taraqqiyot partiyasining iftor ziyofatida bo'ldi.

752363
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Aksarayga tashrif buyurdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Aksarayda Adolat va taraqqiyot partiyasining iftor ziyofatiga tashrif buyurdi.

Soylu iftordan so’ng, mehmonlarga hitob qildi.

“Turkiya terrorizmga qaramay, taraqqiy etaveradi va rivojlanaveradi”,-deydi Sulaymon Soylu.

U Turkiyaning rivojlanishini hech kim to’xtata olmasligini aytdi.

“Xoh terror tashkiloti DAISh bo’lsin, xoh Fathulloh Gulen harakati bo’lsin, xoh PKK terror tashkiloti bo’lsin aslo Turkiyaga to’sqinlik qila olmaydilar. Ular shuni bilsinki, turk xalqi mustahkam iymoni, e’tiqodi, kuchli irodasi bilan bunga yo’l qo’ymaydi. Biz dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoridan joy olamiz”,-deydi Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

U mamlakatda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha katta yutuq qo’lga kiritilganini aytdi.

 



Aloqador xabarlar