Shirnakdagi terror hujumi askarlarni shahid qildi

Turkiyaning PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

749879
Shirnakdagi terror hujumi askarlarni shahid qildi

Turkiyaning Shirnak viloyatiga qarashli Milliy Jandarmeriya Maxsus kuchlari artilleriya qo'mondonligi bazasiga qarshi PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirlgan hujumda 2 askar shahid bo’ldi.

Mintaqada terroristlarga qarshi olib borilayotgan amaliyot davom etmoqda.

Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra, Shirnak viloyati markaziga qarashli Milliy Jandarmeriya Maxsus kuchlari artilleriya qo'mondonligi tomonidan viloyatning qishloq joylarida olib borilgan amaliyotda, terroristlar tomonidan uzilgan o’q oqibatida 2 askar shahid bo’lar ekan 1 askar bilan 2 nafar qoriqchi tan jarohati olgan.  

Tan jarohati olgan xavfsizlik kuchlarining kasalxonaga olib ketilganligi belgilab o’tilgan bayonotda, terroristlarni yo’q qilish uchun uyushtirilgan mintaqadagi amaliyotlarning davom etganligi qayd etildi.

Aytib o’tish joizki Turkiyaning Batman viloyati, Kozluk tumanining Bekirhan qishlog’ida jandarmeriya binosiga qarshi PKK terror tashkiloti tomonidan bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujum oqibatida tan jarohati olgan 2 askardan biri kasalxonada shahid bo’ldi.

Tan jarohati olgan ikkinchi askar esa Dijle universiteti kasalxonasida davolanmoqda.

 



Aloqador xabarlar