Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatar bilan harbiy hamkorlik bo'yicha qonunni imzoladi

Mazkur qonunlar “Qatar jandarmeriyasini o’qitish (harbiy ta’lim) va malakasini oshirishga doir hamkorlik” va “Qatar Respublikasiga turk askarini joylashtirish” to’g’risidagi bitimni o’z ichiga oladi.

749026
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatar bilan harbiy hamkorlik bo'yicha qonunni imzoladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatar bilan harbiy hamkorlikni nazarda tutgan ikkita qonunni imzoladi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur qonunlar “Qatar jandarmeriyasini o’qitish (harbiy ta’lim) va malakasini oshirishga doir hamkorlik” va “Qatar Respublikasiga turk askarini joylashtirish” to’g’risidagi bitimni o’z ichiga oladi.

Qonunga muvofiq 5000 dan ziyod turk askari Qatarga jo’natiladi.

Ikki davlat bu doirada;

-Ichki xavfsizlik ta’limi, kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash metodlari ta’limi, ommaviy voqealarni bostirish va oldini olish bo’yicha malaka oshirish ta’limi, harbiy vazifalarni boshqarish ta’limi va mobil ta’lim xizmati;

-Tomonlarning harbiy maktab, o’quv markazi va qo’shinga beriladigan o’quv kurslari;

-Harbiy ta’lim jarayonida qo’llaniladigan o’quv qurollari, jihozlar va qo’shimcha o’quv materiallarini ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro yordamlashuv;

-Mushtarak mavzularda tajriba va bilim-ma’lumot almashish hamda texnologik hamkorlik;

-Harbiy ta’lim va texnik-logistika mavzularida ma’lumot va tajriba almashish maqsadida maslahatchilik xizmati bilan ta’minlash;

-Harbiy bosh shtabga qarashli harbiy maktab va o’quv markazlarida ta’lim-tarbiya va kurs berish maqsadida mutahassis jo’natish kabi mavzular bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar