Chavusho’g’li, Litva poytaxti Vilnyusga qaratilgan ziyoratini kechiktirdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Qatar muammosi yuzasidan kecha Litva poytaxti Vilnyusga qaratilgan ziyoratini kechiktirdi.

749023
Chavusho’g’li, Litva poytaxti Vilnyusga qaratilgan ziyoratini kechiktirdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Qatar muammosi yuzasidan kecha Litva poytaxti Vilnyusga qaratilgan ziyoratini kechiktirdi.

Litva Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha Chavusho’g’li, Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyusga qong’iroq qilib, ziyoratning kechiktirilganligi haqidagi xijolatchiligini yetkazgan.

Chavusho’g’li ziyoratning, har ikki tomonga ham maqul bo’lgan boshqa bir vaqtda o’tkazilajagidan umidvor ekanligini ham o’z so’ziga ilova etgan.

Litva Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida ziyoratning, Qatar bosh bo’lish bilan birga mintaqadagi vaziyatning yomonlashgani yuzasidan kechiktirilganligi ham qayd etildi.

Mevlut Chavusho’g’li Litvani oxirgi marotaba bundan roppa-rosa 2 yil muqaddam ziyorat qilgan, Litva Tashqi ishlar vaziri Linkyavichyus esa Turkiyani o’tgan yilning 22-avgustida ziyorat qilgan.

Linkyavichyus, Fetullah terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Turkiyaga tashrif buyurgan birinchi Yevropa ittifoqi va NATO Tashqi ishlar vaziri edi.

Aytib o’tish joizki Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Qatar muammosi doirasida telefon orqali diplomatik uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Shu doirada kecha Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim al-Soniy bilan oqshom vaqtida telefon orqali muloqat qildi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Chavusho’g’li bilan qatarlik kasbdoshi ushbu muloqatda, Ko’rfaz mintaqasidagi oxirgi vaziyatni baholadi.

Chavusho’g’li shuningdek, Ruminiya tashqi ishlar vaziri Teodor Meleshkanu va Bolgariya Tashqi ishlar vaziri Ekaterina Zahariyeva bilan ham telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

 

 



Aloqador xabarlar