Van viloyatida sodir bo'lgan to'qnashuvda askar shahid bo'ldi...

Van viloyatida xavfsizlik kuchlari va PKK o'rtasida sodir bo'lgan to'qnashuvda 1 askar shahid bo'ldi, 2 askar esa tan jarohati oldi.

747769
Van viloyatida sodir bo'lgan to'qnashuvda askar shahid bo'ldi...

Van viloyatining Bashkale tumanida xavfsizlik xodimlari va terror tashkiloti PKK o'rtasida sodir bo'lgan to'qnashuv natijasida 1 askar shahid bo'ldi, 2 askar esa tan jarohati oldi.

Van gubernatorligidan bildirilishicha, terror tashkiloti PKK/KCKni to'xtatish uchun olib borilgan faoliyatlar davom etmoqda.

Bashkale tumani Yolmayachir mahallasida, xavfsizlik kuchlari operatsiya o'tkazayotganda, terroristlar bilan to'qnashuv maydonga kelganini ma'lum qilgan bayonotda, "To'qnashuv oqibatida 2 terrorist ta'sirsiz holga keltirilar ekan, tan jarohati olgan bir xavfsizlik xodimi shifoxonada hayotdan ko'z yumdi. Xalqimizning huzur va xavfsizligi uchun terrorga qarshi kurashimiz davom etadi" deb bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #van v , #viloyatida , #1 askar shahid bo'ldi

Aloqador xabarlar