Turkiya TIV yana bir bor Kipr masalasiga to’xtaldi

Turkiya TIV yana bir bor Kipr masalasiga to’xtalar ekan bu borada 4-iyun kuni Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan Guterres tomonidan berilgan bayonotning, Kiprning grek tomoni jihatidan qanday baholanganligiga e’tibor qaratdi.

747546
Turkiya TIV yana bir bor Kipr masalasiga to’xtaldi

Turkiya, Kipr muzokaralari bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterresning taklifiga binoan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis o’rtasida, 4-iyun kuni Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan berilgan bayonotning, Kiprning grek tomonidan noto’g’ri baholanishini “Kiprning grek tomonining samimiyatsizligi va muammoni hal qilishga qaratilgan irodaning yetarsizligi” deya baholadi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Turkiyaning, 2017-yilning 12-yanvari kuni Jenevada uyushtirilgan Kipr muzokarasini takror davom ettirishga tayyor va qarorli ekanligi ma’lum qilindi.   

Shu doirada Kipr muzokaralari bo’yicha BMT Bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis o’rtasida, 4-iyun kuni Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan berilgan bayonotining, “jarayonning natijalanishi uchun tashlangan qadam” sifatida baholanganligi ta’kidlanar ekan Akinjining ham Guterres bilan deyarli hamfikr ekanligi qayd etildi. Aytib o’tish joizki Guterresga ko’ra, iyun oyida takror Kipr muzokarasini o’tkazilishi kerak.  

Guterres o'z bayonotida, 2014-yilning 11-fevrali kuni liderlar tomonidan berilgan qo’shma bayonotga ham to’g’ridan-to’g’ri to’xtalib, Kipr muammosini hal qilishda barcha masalalarning birma-bir muzokara qilinajagini, muzokara jarayonida qaysidir xususda kelishib olinmagudek bo’lsa unda natijaning “kelishib olinmadi” deya hisoblanishini ham ta’kidlagan edi.   

Shunday ekan BMT Bosh kotibining ushbu bayonotining, Kiprning grek tomonidan notog’ri baholanishi va Jeneva konferentsiyasi uchun grek lider o’rtaga tashlagan shartlarning qabul qilinganligining iddio qilinishi, “grek tomonining qanchalik samimiyatsiz va muammoni hal qilishda siyosiy irodadan mahrum” ekanligini yana bir bor isbotladi.

Jenevadagi Kipr muzokarasining takror o’tkazilishi orqali Kipr muammosini hal qilishga qaratilgan oxirgi imkonlar baholanib, orolda ikki yildan beri davom etayotgan muzokara jarayoning muvaffaqiyatli ravishda natijalanishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa unda barcha ishtirokchilarning Turkiya va ShKTR tomonidan o’rtaga tashlangan samimiy irodani aks ettirgan konstruktiv yondashuvini qo’llab-quvvatlashi darkor.

 



Aloqador xabarlar