Prezident Erdog’an, musulmonlarning bugungi kundagi muammosiga to’xtaldi

Prezident Erdog’an kecha, Istanbul shahar hokimligi tomonidan uyushtirilgan “Xalqaro Hilyai Sharif musobaqasi”ning taqdirlash marosimida ishtirok etar ekan marosimda, musulmonlarning bugungi kundagi muammosiga to’xtaldi.

745032
Prezident Erdog’an, musulmonlarning bugungi kundagi muammosiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an musulmonlarning, xorlikdan qutilishining birdan bir yo’lining o’zaro munosabatlarni mustahkamlash ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Istanbul shahar hokimligi tomonidan uyushtirilgan va Jemal Reshit Rey konsert zalida kecha 2-iyun kuni bo’lib o’tgan “Xalqaro Hilyai Sharif musobaqasi”ning taqdirlash marosimida ishtirok etdi.  

Ishtiroki chog’ida nutq so’zlagan Janob Erdog’an musulmonlarning, ham o’zaro tushunmovchilik ham da tashqi kuchlarning hujumlari orqali zulmga duch kelgan chog’ida Payg’ambarga bo’lgan sog’inchning yana-da katta ma’no va mazmun qozonganligini qayd etdi.

Erdog’an, musulmonlar duch kelgan barcha muammolarning Hazrati Muhammadga va u elchilik qilgan islom dinini yetarli darajada himoya qilolmaslikdan kelib chiqqanligini ta’kidladi.

O’z so’zida Hazrati Muhammadning merosi va uning hayotini yaxshi tushinib yetish kerakligini eslatgan Erdog’an, musulmonlarning barcha muammolardan Hazrati Muhammadning faqatgina Vado xutbasidagi nasihatlarga quloq solishlik yo’li orqali ham qutilishi mumkinligini aytdi.  

Hilyai Shariflarning, Hazrati Muhammadni sevib tushinish imkoni berganligini ifodalagan Erdog’an ajdodning xattotlik va hilya san’atlarida buning ajoyib namunalari borligini ham qo’shimchaladi.

Payg’ambarning muborak siyrati va xulq atvorini so’zlar orqali chizgan hilya san’atining ushbu madaniyat hududining eng qimmatbaho asarlari ekanligini tilga olgan Erdog’an, musobaqada g’alaba qozongan xattotlarni tabrikladi.   

Prezident Erdog’an so’zlari yakunida oxirgi yillarda Turkiyada xattotlik, hilya, tazhib kabi bir xil maqsadga xizmat qilgan san’atlarga bo’lgan qiziqishning ortishidan xursand ekanligini ifodalashni ham unutmadi.



Aloqador xabarlar