Turkiya va Eron o'rtasida 95 mln dollar qiymatida 3 ta shartnoma imzolandi

Eronning poytaxti Texronda bo’lib o’tgan imzo marosimiga Turkiyadan “Mafin Vest” firmasi direktori Firat Yilmaz ishtirok etdi.

743691
Turkiya va Eron o'rtasida 95 mln dollar qiymatida 3 ta shartnoma imzolandi

Eron Ijtimoiy xavfsizlik investitsiya firmasi bilan Turkiyadan xususiy ikki shirkat o’rtasida 95 mln dollar qiymatida 3 ta shartnoma imzolandi.

Eronning poytaxti Texronda bo’lib o’tgan imzo marosimiga Turkiyadan “Mafin Vest” firmasi direktori Firat Yilmaz, Erondan esa Eron Ijtimoiy xavfsizlik investitsiya firmasi direktori Sayyit Riza Navruzzoda va Hurramshahar deputati Abdullah Samiriy ishtirok etdi.

Marosimda 10 million dollar qiymatida “Katamaran” yo’lovchi kemasini sotish, 70 million dollar qiymatidagi “Saba” savdo markazining turk firmasi tomonidan qurilishi, Eronning Hurramshahar shahridagi “Arvandan” kemasozlik zavodining turk shirkati tomonidan qurilishini o’z ichiga olgan 15 million qiymatida shartnoma imzolandi.

Marosimda so’zga chiqqan “Mafin Vest” firmasi direktori Firat Yilmaz Eron va Turkiya o’rtasida turli sohalarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan, Eronni Turkiya va Yevropa bozoriga o’tish yo’liga aylantirish maqsad qilinganini tilga oldi.

Eron Ijtimoiy xavfsizlik investitsiya firmasi direktori Sayyit Riza Navruzzoda turk firmalar bilan neft-kimyo va mashina g’ildiraklarini ishlab chiqarish kabi bir qator sohalar bo’yicha ham hamkorlik qilish istagini tilga oldi.

Hurramshahar deputati Abdullah Samiriy: “Hurramshahar kemasozlik bo’yicha katta imkoniyatga ega. Hurramshahar xalqi Turkiya bilan Eron o’rtasida tuzilgan shartnomani ijobiy baholaydi va qo’llab quvvatlaydi”,-dedi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #shartnoma , #xususiy firma , #Mafin Vest

Aloqador xabarlar