Erdog’an terrorga qarshi kurashdagi turk xalqining roliga to’xtaldi

Prezident Erdog’an kecha, Oila va ijtimoiy siyosatlar vazirligi tomonidan Istanbuldagi Halich kongres markazida uyushtirilgan va shahid yaqinlariga atalgan iftor dasturida uchrashdi.

740712
Erdog’an terrorga qarshi kurashdagi turk xalqining roliga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an terrorga qarshi kurashda qarorlilikni ta’kidlagan holda, Turkiyaga ziyon bergan hech qaysi terror tashkilotining jazosiz qolmasligini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an kecha, Oila va ijtimoiy siyosatlar vazirligi tomonidan Istanbuldagi Halich kongres markazida uyushtirilgan iftor dasturida shahid yaqinlari bilan uchrashdi.

Rajap Tayyip Erdog’an 15-iyuldagi FETO to’ntarishiga qarshi turk xalqining kurashiga to’xtalar ekan,

“15-iyuldan ibrat olamiz va buning takrorlanishiga aslo yo'l qoymaymiz. Faqatgina 15-iyulning emas, 12-sentabrning, 28-fevralning, 12-martning, 27-mayning takrorlanishiga ham yo'l qoymaymiz” dedi.

Halich kongres markazida uyushtirilgan iftorda Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik va Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar ham ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar