Erdog’an Bryusselda YI yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o’tkazdi

Prezident Erdog’an Bryusselda YI yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o’tkazdi va safaridan qaytar chog’ida Bryussel ziyoratini baholadi.

740414
Erdog’an Bryusselda YI yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o’tkazdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an NATO sammiti uchun Belgiya poytaxti Bryusselga borar ekan u yerda Yevropa ittifoqi yetakchilari bilan qator uchrashuvlar o’tkazdi.

Prezident Erdog’an Bryusseldan qaytar ekan uchoqda Bryussel ziyoratini baholadi.

Shu doirada Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Yevropa ittifoqi yetakchilarining Turkiyaga atab faoliyatlar yuritganligini va ushbu faoliyat haqidagi 12 oylik kalendarning taqdim etilganligini ma’lum qildi.

Erdog’an Yevropa ittifoqi yetakchilari bilan munosabatlarning faollashtirilishi masalasida muhim uchrashuvlar o’tkazganligini ham aytdi.

Prezident, Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan bo’lib o’tgan uchrashuvini ham baholadi.

Bu doirada Erdog’an Merkelga Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat tuzilmasining boshpana talabining qabul qilinishiga bo’lgan bezovtaligini ochiq-oydin ifoda etganligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar