Turk Qizil yarim oy jamiyati Afrikaga gumanitar yordam olib ketmoqda

Turk Qizil yarim oy jamiyati Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning buyrug’i bilan Somali, Yaman va Sudan davlatiga gumanitar yordam yetkazadi.

738142
Turk Qizil yarim oy jamiyati Afrikaga gumanitar yordam olib ketmoqda

Turk Qizil yarim oy jamiyati Afrikaga uchta kemada gumanitar yordam olib boradi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati ma’lum qilishicha, Afika davlatlarida hukm surgan ocharchilikka ko’z yummagan Turk Qizil yarim oy jamiyati Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning buyrug’i bilan Somali, Yaman va Sudan davlatiga gumanitar yordam yetkazadi.

Gumanitar yordamlar shanba kuni boshlanadigan ramazon oyida yo’lga chiqadi.

Mazkur uchta kemaning har birida 3 mln kishining 1 oylik oziq-ovqat ehtiyojini qondiradigan miqdorda oziq-ovqat mahsuloti o’rin oladi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Karim Kinik ertaga 25 may kuni Mersinning Tashuju portidan yo’lga chiqadigan kemalarda tekshiruv o’tkazadi.



Aloqador xabarlar