Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun Italiyaga safar qiladi

Mavlud Chavusho'g'li poytaxt Rimda Italiya Prezidenti Sergio Mattarella va bosh vazir Paolo Gentiloni tomonidan qabul qilinadi.

737691
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun Italiyaga safar qiladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun rasmiy tashrif bilan Italiyaga jo'nab ketadi.

Mavlud Chavusho'g'li poytaxt Rimda Italiya Prezidenti Sergio Mattarella va bosh vazir Paolo Gentiloni tomonidan qabul qilinadi.

So'ngra, Italiya Tashqi ishlar vaziri Angelino Alfano bilan muloqot o'tkazadi.

Ma'lum bo'lishicha, muloqotda Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.

Mavlud Chavusho'g'lining Italiya Xalqaro aloqalar instituti tomonidan o'tkaziladigan forumda ma'ruza qilishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar