Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun Gruziyaga safar qiladi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Gruziya Prezidenti Giorgi Margvelashvili tomonidan qabul qilinadi.

736493
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun Gruziyaga safar qiladi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun rasmiy tashrif bilan Gruziyaga safar qiladi.

Binali Yildirim Turkiya-Gruziya oliy darajali strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etadi.

Yig’ilishda 2016 yilning 19 iyulida Ankarada bo’lib o’tgan Turkiya-Gruziya oliy darajali strategik hamkorlik kengashining birinchi yig’ilishida olingan qarorlarning natijalari ko’zdan kechiriladi.

Shuningdek, yangi hamkorlik imkoniyatlari va mintaqaviy masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Yig’ilish doirasida Turkiya-Gruziya hamkorligi poydevorini mustahkamlashga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanadi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ikki kunlik rasmiy safari chog’ida, Gruziya Prezidenti Giorgi Margvelashvili tomonidan qabul qilinadi.

So’ngra, Gruziyada faoliyat ko’rsatgan turk tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazadi.

 



Aloqador xabarlar