Binali Yildirim rossiyalik kasbdoshi Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

Rossiya hukumatining matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Medvedev Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig’ilishi uchun Istanbulga tashrif buyurar ekan, shu bahona kasbdoshi Binali Yildirim bilan uchrashmoqchi.

735751
Binali Yildirim rossiyalik kasbdoshi Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

Bosh vazir Binali Yildirim Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi.

Rossiya hukumatining matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Medvedev Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig’ilishi uchun 22-may kuni Istanbulga tashrif buyurar ekan, shu bahona kasbdoshi Binali Yildirim bilan uchrashmoqchi.  

“Medvedevning Binali Yildirim bilan uchrashuv o’tkazishi rejalashtirildi” deyilgan bayonotda, Rossiya Bosh vaziri o’rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan Energetika vaziri Aleksandr Novakning ham Medvedevning Istanbuldagi ziyorati chog’ida hamrohlik qilishi ma’lum qilindi.

Yildirim bilan Medvedev oxirgi marotaba 27-aprelda telefon orqali muloqat qilgan edi.



Aloqador xabarlar