Prezident Erdog’an Xitoyda bir qator uchrashuv o’tkazdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan Xitoyga borar ekan u yerda XXR Raisi Si Szinpindan oldin Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras, Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni alohida-alohida qabul qildi.

731702
Prezident Erdog’an Xitoyda bir qator uchrashuv o’tkazdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi bilan Xitoyga borar ekan u yerda XXR Raisi Si Szinpindan oldin Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras, Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni alohida-alohida qabul qildi.   

Prezident Erdog’an Xitoy poytaxti Pekinda Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan o’tkazgan uchrashuvida “ekstraditsiya qilinmagan to’ntarishchilar” masalasining Turkiya bilan Gretsiya o’rtasida muammo tug’dirganligini ifodalagan holda, to’ntarishga aralashgan aybdorlarning Gretsiyada yashashni davom ettirishining noto’g’ri ekanligini, bu borada kerakli choralarning ko’rilishi shartligini ta’kidladi.  

Prezident Erdog’anning Gretsiya Bosh vaziri Tsipras bilan o’tkazgan uchrashuvida, bugungacha ko’zlangan natija olinmasa-da, Kipr masalasi ustidan olib borilgan uchrashuvlarning davom etishi va ijobiy kun tartibi bilan masalaning hal qilinishi uchun faoliyatlarning yuritilishi to’g’risida kelishib olinganligi ma’lum qilindi.   

Erdog’anning, Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif bilan o’tkazgan uchrashuvida esa ayniqsa o’zaro munosabatlarning qoniqarli ravishda davom etayotganligi yuzasidan minnatdorchilik bildirildi.

Ikkala mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorliklarning orttirilishi, energiya, savdo va investitsiya masalalarida shaxdam qadamlarning tashlanishi xususida kelishib olindi. Keng ko’lamli erkin tijorat kelishuviga qo’l qo’yilishi to’g’risidagi faoliyatlarning tezlashtirilishi borasida ham kelishib olindi.

Diplomatik aloqalarning 70-yilligi munosabati bilan bir qator tadbirning uyushtirilishi to’g’risida rejalar tuzilgan uchrashuvda, bu haqidagi faoliyatlarning ham natijalanishi va nishonlanishi masalasi muhokama qilindi.

Aytib o’tish joizki Afg’onistondan Suriyagacha mintaqadagi terrorga qarshi kurash va xavfsizlik mavzulari ham kun tartibiga olib chiqildi.

Erdog’an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan bo’lgan uchrashuvida, Yevropa ittifoqi masalasida Turkiyani qo’llab-quvvatlaganliklarini uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda Prezident Erdog’an ayniqsa o’zaro savdo hajmining orttirilishi uchun yana-da keng ko’lamli faoliyat olib borilishi kerakligini eslatdi.

Shuningdek Vengriya Prezidenti Janos Aderning, Prezident Erdog’anni Gul Bobo maqbarasining ochilish marosimi uchun yilning kuz mavsumida Vengriyaga taklif qilganligi yetkazildi.

To’garak stol atrofidagi Liderlar yig’ilishida ham ishtirokchilarga xitob etishi kutilgan Prezident Erdog’an, forumda ishtirok etadigan davlat va hukumat rahbarlari bilan ham uchrashuv o’tkazadi.

 

 



Aloqador xabarlar