Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Xitoyda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an davlat tashrifi doirasida Xitoy poytaxti Pekinga borar ekan u yerda bugun Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsiprasni qabul qildi.

731436
Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Xitoyda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an14-15-may kunlari bo’lib o’tadigan “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchuın Xitoy poytaxti Pekinga borar ekan u yerda Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsiprasni qabul qildi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuv qariyb bir soat davom etdi.

Prezident Erdog’an Xitoyda 14-15-may kunlari bo’lib o’tadigan “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etar ekan ayni vaqtda XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o’tkazadi.

Aytib o’tish joizki Prezident Rajap Tayyip Erdog’an “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida 14-may kuni, To’garak stol atrofidagi Liderlar yig’ilishida esa 15-may kuni ishtirokchilarga xitob etadi. Ortidan forumda ishtirok etadigan davlat va hukumat rahbarlari bilan ham bir qator uchrashuv o’tkazadi.   

“Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida infratuzilma, transport, iqtisodiy hamkorlik, savdo, sanoat investitsiyalari, energiya va energiya manbaalari, moliyaviy yordam, xalqlar o'rtasidagi aloqa, atrof muhitni muhofaza qilish, dengizchilik tarmog’ida hamkorlik qilish masalalarining qo’lga olinishi kutilmoqda.

Forumda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, Jahon banki Raisi Kim Yong Jim va Xalqaro valyuta jamg'armasi rahbari Kristin Lagard bilan birga dunyoning 28 Davlat va Hukumat rahbari shuningdek, 250 dan ortiq vazirining ishtirok etishi kutilmoqda.  



Aloqador xabarlar