Turkiya xoin harbiylarni qaytarmagan Yunonistonga e’tiroz bildirdi

“Yunoniston sudining adolatli va betaraf qaror berishidan umidvor edik. Afsuski, yana bir bor umidlarimizni puchga chiqardi",-deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida.

726294
Turkiya xoin harbiylarni qaytarmagan Yunonistonga e’tiroz bildirdi

Turkiya Yunonistonga qochgan xoin harbiylarni mamlakatga qaytarmagan Yunonistonga e’tiroz bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu haqida yozma bayonot berdi.

“Yunoniston sudining adolatli va betaraf qaror berishidan umidvor edik. Afsuski, yana bir bor umidlarimizni puchga chiqardi. 15 iyulda davlatni to’ntarishga tashabbus ko’rsatgan sakkiz nafar isyonchi harbiyni Turkiyaga qaytarish to’g’risidagi talabimiz ikkinchi marta rad etildi”,-deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida.

Shuningdek, bugungacha Turkiyaga hujum qilgan DHKP-J va PKK kabi terror tashkilotlari va boshqa ekstremist oqim mansublarining kerakli jazoga tortilishiga to’sqinlik qilgan hamda ularni himoya qilgan Yunoniston takror ayni xatoga yo’l qo’ydi.

Ma’lumki, Fathulloh Gulen harakati va unga a’zo harbiylar tomonidan 15 iyulda sodir qilingan to’ntaruv tashabbusidan so’ng, sakkiz nafar harbiy Yunonistonga qochishga muvaffaq bo’lgandi.

 



Aloqador xabarlar