Prezident Erdo'g'an jurnalistlarning savollariga javob berdi...

Prezident Erdo'g'an, Suriyada xizmat qilgan Rus askarlarining YPGli terroristlari bilan suratga tushishini baholadi.

725683
Prezident Erdo'g'an jurnalistlarning savollariga javob berdi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Suriyada xizmat qilgan Rus askarlari bilan terror tashkiloti PKKning bu yerdagi qo'li YPGli terroristlar bilan suratga tushishidan his etgan bezovdalikni, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bildirganini izohladi.

Prezident Erdo'g'an, Sochi safaridan qaytishda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Putinning bu rasmlar bilan aloqali "Bizning askarimiz bunday ishlarga aralashmaydi. Buni tekshirish kerak" deganini ifoda etgan Erdo'g'an, "Bundan keyingi jarayon janob Putinga bog'li" dedi.

Prezident, Suriyaning shimolida alohida bir davlat tuzishga Putinning ham ijobiy qaramaganni ifoda etib; "Idlib bilan boshqa besh hududda sulh ta'minlash taklif qilinmoqda. Sulh ta'minlangan taqdirda Suriya masalasining 50 % hal bo'ladi" deb so'zladi.

Erdo'g'an, Xitoy va Rossiya Prezdentlari bilan Xiyotda, 14-15 May kunlari bo'ladigan "Yangi yo'l" forumi doirasida uch tomonli uchrashuv o'tkazilishni bildirdi.

Qolaversa Prezident Erdo'g'an, Putinning 22 May kuni Qoradengiz Iqtisodiy Hamkorlik yig'ilishi uchun Turkiyaga tashrif etishini ham izohladi.



Aloqador xabarlar