Prezident Erdog’an ertaga Hindistonda bo’ladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Hindiston Prezidenti Pranab Mukerjining taklifiga binoan ertaga Hindistonda bo'ladi.

722814
Prezident Erdog’an ertaga Hindistonda bo’ladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Hindiston Prezidenti Pranab Mukerjining taklifiga binoan ertaga Hindistonga jo’nab ketadi.

Ikki kunlik (30-aprel va 1-may) ziyorati doirasida Erdog’an, Hindiston Prezidenti Mukerji va Bosh vazir Narendra Modiy bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazadi.

Prezident Erdog’an Hindistonda, Hindiston Prezidenti o’rinbosari Muhammad Hamid Ansoriy va Tashqi ishlar vaziri Sushma Swarajni ham qabul qiladi.  

Aytib o’tish joizki Erdog’anning Hindistonga bo’lgan ushbu ziyorati chog’ida Turkiya bilan Hindistonning yetakchi firma rahbarlari ishtirokida “Turkiya-Hindiston biznes forumi” uyushtiriladi.

Prezident Erdog’an hindistonlik rasmiylar bilan o’tkazadigan uchrashuvlarida Turkiya-Hindiston munosabatlaridan tashqari mintaqaviy va xalqaro mavzular haqida fikr almashadi.  



Aloqador xabarlar