Chavusho'g'li, Yevropa ittifoqining TIV yig’ilishida ishtirok etmoqda

Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishi kecha Maltada o’z ishini boshladi.

722665
Chavusho'g'li, Yevropa ittifoqining TIV yig’ilishida ishtirok etmoqda

Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishi kecha Maltada o’z ishini boshladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham ushbu yig’ilishda Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va Xavfsizlik siyosati vakili va Kengash raisi o’rinbosari Federica Mogherini va Yevropa ittifoqining davriy rahbari, Malta Tashqi ishlar vaziri George Vellaning taklifiga binoan ishtirok etmoqda.  

Yig’ilish kun tartibida Turkiya bilan olib borilgan Yevropa ittifoqining a’zolik muzokaralari o’rin olgan.

Yig’ilishda shuningdek, mintaqaviy va global vaziyatlar borasida fikr almashiladi.

Chavusho’g’li, Maltadagi yig’ilish chog’ida Yevropa ittifoqining kengayish siyosatidan mas’ul komissari Johannes Hahn bilan uchrashdi.

Chavusho’g’lining germaniyalik kasbdoshi Sigmar Gabriel va Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va Xavfsizlik siyosati vakili va Kengash raisi o’rinbosari Mogherini bilan ham uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar