Istanbul bog'ozida cho'kib ketgan Rossiya kemasining ekipajlari tiriklayin qutqarildi

Rossiyaning “Liman” deb nomlangan tadqiqot kemasi Togo bayrog’i ostida tirik hayvon tashiyotgan bir kema bilan, Qora dengizda, Istanbul bog’ozining 18 mil uzoqligidagi Kilos nomidagi turar-joy mintaqasiga yaqin nuqtada to’qnashib ketdi.

722092
Istanbul bog'ozida cho'kib ketgan Rossiya kemasining ekipajlari tiriklayin qutqarildi

Rossiyaning “Liman” deb nomlangan tadqiqot kemasi Togo bayrog’i ostida tirik hayvon tashiyotgan bir kema bilan, Qora dengizda Istanbul bog’ozining 18 mil uzoqligidagi Kilos nomidagi turar-joy mintaqasiga yaqin nuqtada to’qnashib ketdi.

Rossiyaning tadqiqot kemasidagi 78 nafar ekipajdan 63 nafari qirg’oq xavfsizligidagi kemalar; 15 nafari esa Togo bayroqli kema tomonidan qutqarildi.

Yordam talabiga qarshi Qirg’oq xavfsizligi Bosh direktorligi buksir va qutqaruv kemalari bilan ishga tushdi va qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib bordi.  

Ortidan Rossiyaning kemasi suvga cho’kib ketdi.

Turkiya Respublikasi Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Ahmet Arslan halokatning mintaqadagi qalin tuman yuzasidan kelib chiqqanligini qayd etar ekan, qutqarilgan ekipajning ahvolining yaxshi ekanligini ma’lum qildi.  

Ekipajlar kerakli protsedura ortidan Rus harbiy birliklariga topshiriladi.  

Cho’kib ketgan kema yuzasidan dengizning ifloslanmaganligi aniqlandi.

Bosh vazir Binali Yildirim rossiyalik kasbdoshi Dmitriy Medvedovga maktub yo’llab, voqeadan qayg’ulanganligini yetkazdi.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedov ham turk rasmiylari olib borgan faoliyat orqali harbiy kemadagi 78 ekipajning tirik qolganligini bildirib, buning uchun Bosh vazir Binali Yildirimga minnatdorchlik bildirdi.  

 



Aloqador xabarlar