Erdog’an YKPAning Turkiya to’g’risida qabul qilgan qaroriga norozilik bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an “Reuters” axborot agentligiga bergan intervyusida, YKPAning Turkiya to’g’risida qabul qilgan qaroriga norozilik bildirdi.

720832
Erdog’an YKPAning Turkiya to’g’risida qabul qilgan qaroriga norozilik bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Iroq va Suriya shimolidagi terroristlar yo’q qilingunga qadar amaliyotlarning uzluksiz davom etajagini ma’lum qildi.  

Prezident Erdog’an “Reuters” axborot agentligiga bergan intervyusida Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining Turkiya to’g’risida qabul qilgan qaroriga norozilik bildirar ekan Prezident bu haqidagi o’z so’zida,

“Siyosiy qabul qilingan ushbu qarorni tan olmaymiz” dedi.  

Noroziligini butun dunyoga ovoza qilgan Erdog’an, odamlarni siyosiy yondashuvlardan uzoqlashib, vijdonlariga quloq solishga chaqirdi va,

“Amal qilib qilmasligi muhim emas. Eng muhimi biz o’z kurashimizni to’g’ri, erkin va samimiy ravishda davom ettiramiz. PKK, FETO va DEASh terror tashkilotlari bosh bo’lish bilan birga barch terror tashkilotlariga qarshi kurashimizdan aslo voz kechmaymiz” deya gapirdi.

Erdog’an, Turk qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi Sinjar va Suriyaning shimoli-sharqiy qismidagi Karachok tog’ida amalga oshirilayotgan havo hujumi masalasiga ham to’xtalar ekan u amaliyotlarning oxirgi terrorist ham yo’q qilingunga qadar davom etajagini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Sinjarning ikkinchi Qandil bo’lishiga ruxsat bermasliklarini ta’kidlab,

“Agar buning oldini olmasak unda u yer ertangi kun uchun katta xavf tug’diradi” dedi.

Erdog’an, Turk qurolli kuchlari tomonidan Sinjarda, Karachokda amalga oshirilgan amaliyotning aslo Peshmergalarga qarshi emasligiga e’tibor qaratib, amaliyot haqida avvaldan Eron rahbariyatiga, Amerika Qo’shma Shtatlari va Rossiyaga ma’lumot berilganligini aytdi.

Suriya masalasiga ham to’xtalgan Erdog’an, Asad bor ekan aslo Suriyada tinchlikning o’rnamasligini ta’kidladi va,

“Suriyani bu ahvolga solgan u (Asad). Terrorga qo’l urmoqda. Shunday ekan qanday qilib u bor joyda Suriyada tinchlik o’rnashi mumkin? O’z xalqiga, o’z vataniga tank orqali, uchoqlar orqali, barrel bombalari, kimyoviy qurollar orqali hujum qilgan bir kishi bir muammoni hal qilish uchun o’rtamchi bo’la olishi mumkunmi?” dedi.

Suriya xalqinin o’z taqdirini o’zlari hal qilishi kerakligini qayd etgan Erdog’an, bu masalani Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan muhokama qilganliklarini eslatib, “Ovozga qoyilsin. Agar kim ko’p ovoz olsa ana shu kishini barchamiz qabul qilaylik” dedi.

Sovuqlashgan Turkiya va Yevropa ittifoqi munosabatiga ham to’xtalgan Erdog’an, bu muammoni referendum orqali hal qilishlari mumkinligini shama qildi.

Erdog’an,

“YI bizni yana 3-5 yil chalg’itgudek bo’lsa unda biz uchun faqat bitta yo’l qoladi, u ham bo’lsa referendumdir” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an 16-aprel kuni bo’lib o’tgan referendum natijalariga ham to’xtalar ekan rasmiy natijalar e’lon qilinganidan keyin Adolat va taraqqiyot partiyasi faoliyatiga qaytishini bildirdi.  

Bu yili kongress o’tkazilmasligini ham ma’lum qilgan Erdog’an shuningdek, Turkiya kun tartibida muddatidan oldin saylov masalasining yo’qligini ta’kidladi.

 


 

 

 



Aloqador xabarlar