PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda yana 3 askar shahid bo’ldi

Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda.

718559
PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda yana 3 askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir va Shirnak viloyatlarida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyot chog’ida 3 askar shahid bo’ldi.

Diyarbakirning Kulp tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi amalga oshirilgan amaliyot chog’ida to’qnashuv kelib chiqdi va buning natijasida 3 askar tan jarohati oldi.  

Tan jarohati olgan askarlar, vertolyotlar orqali Diyarbakirning Selahettin Eyyubi nomidagi davlat kasalxonasiga yotkizilar ekan ulardan biri, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’ldi.

Shirnakning Uludere tumanining Bestler Dereler mintaqasida davom etayotgan amaliyotda ham xavfsizlik xodimlari bilan terroristlar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi.  

Terroristlar tomonidan uzilgan o’q oqibatida 2 askar tan jarohati oldi.

Vertolyotlar bilan Shirnak Davlat kasalxonasiga yotkizilgan askarlar shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’ldi.

Hozirda PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyot uzluksiz davom etmoqda.

Turkiyaning Shirnak va Hakkari viloyatidagi amaliyotlarda 12 terrorist yo’q qilindi.

Amaliyotlar Shirnakda avj olar ekan oxirgi 4 kun ichida yo’q qilingan terroristlar soni 37 nafarga yetdi.

Shu bilan birga Iroqning shimolida Zap va Gara mintaqalariga qarshi uyushtirilgan havo hujumida terroristlar foydalangan 2 ta g’or, 2 ta boshpana va 4 ta qurol omborxonasi yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar