Prezidenti Putin, Prezident Erdo’g’anni 16- apreldagi referendum natijasi tufayli tabrikladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Prezident  Rajab Toyyib  Erdo’g’anni 16- apreldagi referendum natijasi tufayli tabrik etdi.

716126
Prezidenti Putin, Prezident  Erdo’g’anni 16- apreldagi referendum natijasi tufayli tabrikladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Prezident  Rajab Toyyib  Erdo’g’anni 16- apreldagi referendum natijasi tufayli tabrik etdi.

Prezidentlik manbalaridan  olingan ma’lumotga ko’ra, Putin, Prezident Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, konstitutsiya o’zgarishi uchun o’tkazilgan referendumda “qabul” ovozi chiqishi tufayli  tabrik etdi.

Uchrashuvda, o’zaro aloqalarni o’z iziga tushirish uchun faoliyatlarni  tezlashtirish bilan bir qatorda Suriyada sulhning mustahkamlashi uchun birgalikda faoliyat olib borishning ahamiyati ustida to’xtatdi.

Buning birgalikda, referendum natijasi tufayli, Prezident Erdo’g’anga  tabrik telefonlari kelishda davom etmoqda.

 Prezident Erdo’g’anni, referendum natijasining ortidan Sloveniya Prezidenti Borut Pahor, Makedoniya Prezidenti Gyorge  Ivanov, Albaniya  Bosh vaziri Edi  Rama va Livan  Bosh vaziri Saad Hariri tabrikladi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham, referendumdagi muvaffaqiyatli natijalar tufayli Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’anni tabrik etdi. Mirziyoyev, Prezident Erdo’g’anga tabrik maktubi yo’lladi.

Ikkı o’lka o’zaro hurmat va ishonch asoslariga tayangan yaqin hamkorlik aloqalari borgan sari yuksalishidan  juda ham  mamnun ekanini aytgan Mirziyoyev, birodar o’zbek va turk xalqlari  o’rtasidagi do’stlik aloqalari yaqin paytda yana  ham rivojlanishiga ishonchim komil dedi.

Kurd mintaqiviy boshqaruv  Rahbari Masud Barzani ham Prezident Erdo’g’an  va Bosh vazir Binali Yildirimni referendum natijalari tufayli tabrikladi.

 

 



Aloqador xabarlar