Mevlut Chavusho'g'li Turkiya kun tartibini baholadi

Mevlut Chavusho’g’li Turkiya kun tartibini baholar ekan YXHT kuzatuvchilarining 16-aprel kuni Turkiyada bo’lib o’tgan referendum natijalari to’g’risidagi baholashiga norozilik bildirdi.

715774
Mevlut Chavusho'g'li Turkiya kun tartibini baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilarining 16-aprel kuni Turkiyada bo’lib o’tgan referendum natijalari to’g’risidagi baholashiga norozilik bildirdi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi TRT Haber telekanalida jonli efir orqali berilgan bir dasturda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, YXHTning notog’ri fikrda ekanligini qayd etdi va,

“Texnik hatolar o’rin olgan xomaki hisobat bizni hech narsaga majbur qilmaydi” dedi.   

Mevlut Chavusho’g’li dasturda Turkiya Yevropa ittifoqi munosabatlarini ham kun tartibiga olib chiqdi.  

Chavusho’g’li shu doirada, vizasiz rejim bilan qayta qabul va migratsiya to’g’risidagi shartnomalarning bir-biri bilan aloqali ekanligiga e’tibor qaratib,

“Vizasiz rejim borasida oxirgi taklifimizni taqdim etamiz. Shunday ekan bu to’g’risida endi qaror berishlari shart. Agar vizasiz rejimni qabul qilmaydigan bo’lsalar unda qayta qabul bilan migratsiya shartnomasi bekor qilinadi” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar