Bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qo’lida 11 yangi nasl raketa mavjud...

Ichki ishlar vazir Sulaymon So’ylu, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qo’lida 11 yangi nasl raketa   mavjud bo’lganini aytdi.

712645
Bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qo’lida 11 yangi nasl raketa mavjud...

Ichki ishlar vazir Sulaymon So’ylu, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning qo’lida 11 yangi nasl raketa   mavjud bo’lganini aytdi.

Xususiy bir  televideniye kanaliga  chiqqan  Sulaymon So’ylu, PKKga yangi nasl raketalarni tashkilotning Suriyadagi davomi bo’lgan  PYDdan keldi deb  ma’lum qildi.

“PKK bilan PYD ayni narsa bo’lgani uchun u yerdagi ( Suriyadagi) urush sharoitida yangi metodlar   bor bo’lsa PKK/ PYD ham ayni metoddan foydalanadi. U yeri bir laboratoriya  vaziyatidadir.” Deb aytdi.

Kecha g’arb viloyatlarida uzoq muddatdir  ta’qib etilgan  bir nafar  terroristni topib olganlarini aytgan So’ylu, alohida chegaralardan o’tayotgan 3 nafar terroristni  ham qo’lga tushirganlari aytdi.  

Oldindan  operatsiyalar   uyushtirilardi, askarlar  orqaga chekinardi, terroristlar   takror  u yerga qaytardi degan ichki ishlar vaziri,

“ Endi bu uslub o’zgardi, hozir  esa borgan  joyda qolamiz  va bunga supurish harakati deymiz. Terror tashkiloti joylashgan yerdan ularni  supuramiz. Mintaqada  qolganimizda terror tashkiloti shaharga bosim qiladi, moliyaviy manbalar yaratadilar, ba’zi nohukumat tashkilotlar mavjud, g’arb va vazifadan chetlashtirilgan shahar hokimlari tomonidan himoya qilinmoqda. Bular Kandilga terrorist tayyorlaydi. Biz faqatgina terrorizm bilan emas,  moliyaviy manbalari bilan ham kurashamiz.” Deb aytdi.

Nohukumat tashkilotlar, shahar hokimliklari  terroristlarni tashviq etgan unsurlarga qarshi olib borgan operatsiyalar bilan toqqa chiqib ketgan terroristlarda oxirgi 7 oyda  oldingi bir yilning raqamlariga ko’ra  90 foizlik kamayish bo’ldi  degan  So’ylu, Shaharlardagi KJK/ PKK tashkilotlanishga  qarshi jiddiy ravishda kurashganlarini va taslim bo’lishlar soni  oxigi 17 yilning en yuksak raqamiga erishdi dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #PKK , #Raketa , #Sulaymon Soylu , #Kurash , #Turkiya

Aloqador xabarlar