Turkiyada kecha yuz bergan portlashning aslida bir terakt ekanligi ma’lum bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Politsiya idorasining qo’shimcha bo’limi o’rin olgan maydonda kecha yuz bergan portlashda 3 kishi (ulardan bir nafari politsiya xodimi) jon bergan edi.

711028
Turkiyada kecha yuz bergan portlashning aslida bir terakt ekanligi ma’lum bo’ldi

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu kecha mamlakatning Diyarbakir viloyatining Bag’lar tumanida yuz bergan va 3 kishining umriga zomin bo’lgan portlashning aslida bir terakt ekanligini ma’lum qildi.

Suleyman So’ylu bir xususiy telekanalga bergan intervyusida ushbu masalaga to’xtalar ekan u o’z so’zida portlashning aslida bir terakt ekanligini, terroristlarning buni amalga oshirish uchun yer ostidan tunnel kaziganliklarini va unga oldindan portlaguvchi modda joylashtirib qo’yganliklarini qayd etdi.

Aytib o’tish joizki Turkiyaning Diyarbakir viloyati Politsiya idorasining qo’shimcha bo’limi o’rin olgan maydonda kecha yuz bergan portlashda 3 kishi (ulardan bir nafari politsiya xodimi) jon bergan edi.    

Voqea doirasida olib borilayotgan tergov natijasida hozirgacha 5 kishi nazorat ostiga olindi.


Tanlangan kalimalar: #Suleyman So'ylu , #Diyarbakir , #portlash

Aloqador xabarlar