Prezident Erdog'an Istanbulda xalqqa xitob etdi

Prezident Erdog’an Istanbulda uyushtirilgan “Istanbul uchrashuvi” deb nomlangan mitingda so’zlagan nutqida qisqa vaqt ichida Turkiyada katta o’zgarishlar ro’y berganligini, bunga hatto g’arbning ham aslida hayron qolganligini qayd etdi.

708658
Prezident Erdog'an Istanbulda xalqqa xitob etdi
başbakan istanbul.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an nima bo’lishidan qat’iy nazar Turkiyaning ishonch va qarorlilik bilan o’z yo’lini davom ettirajagini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning Istanbul viloyati, Yenikapi tumanida uyushtirilgan “Istanbul uchrashuvi” deb nomlangan mitingda so’zlagan nutqida qisqa vaqt ichida Turkiyada katta o’zgarishlar ro’y berganligini, bunga hatto g’arbning ham aslida hayron qolganligini ta’kidladi.  

Ushbu mitingda Bosh vazir Binali Yildirim ham nutq so’zlar ekan u o’z so’zida, 15-iyul Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasining muvaffaqiyatsiz tashabbusini ham unutmaganliklarini, hatto unitilishiga ham yo’l qoymayajaklarini aytdi.

Huddi Birinchi Jahon urushida bo’lganidek Turkiyani bosh egdirib, mamlakat yo’nalishini chizmoqchi bo’lganlarning yomon niyatli ekanliklarini ifodalagan Bosh vazir,

“Ba’zan terror tashkiloti, ba’zan aka-uka kurashi, ba’zan iqtisodiy inqirozlar bilan Turkiyaning yo’liga g’ov bo’lmoqchilar. Prezidentimizga suiqasd qilish uchun reja ham tuzdilar. Hukumatni yo’q qilish payidalar. Xalq majlisi ustidan bomba yog’dirdilar lekin amalga oshirolmadilar, bajarolmadilar, bajarolmaydilar ham” deya gapirdi.

Xalqning qo’llab-quvvatlashi, xalqning irodasi bilan har qanday hujumga qarshi o’zlarini himoya qilishni davom ettirajaklarini ta’kidlagan Yildirim,

“Terror tashkilotlari orqali mamlakatimizga qarshi qo’l urilgan hujumlarni birma-bir yo’q qildik. Terror tashkilotlariga qarshi kurashimiz uzluksiz davom etmoqda” dedi.

Yildirim referendum kunining yani 16-aprelning yangi davrning boshlang’ich kuni bo’lishini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar