Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Tekirdag’da mahalla komiteti raislari bilan uchrashdi

Sulaymon Soylu Turkiya o’z kelajagini o’ylar ekan, inson huquqlari, asosiy "haq va huquq" cho’pchagini anglatgan Yevropaning haqiqiy yuzi fosh bo’lganini aytdi.

707761
Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Tekirdag’da mahalla komiteti raislari bilan uchrashdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiyaning Tekirdag’ viloyatida mahalla komiteti raislari va nodavlat tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

U uchrashuv chog’ida, dunyoni ohirgi paytlarda hayajonga solgan tushuncha global o’zgarish ekanini tilga oldi.

Sulaymon Soylu Turkiya o’z kelajagini o’ylar ekan, inson huquqlari, asosiy "haq va huquq" cho’pchagini anglatgan Yevropaning haqiqiy yuzi fosh bo’lganini aytdi.

“Dunyo tezkor o’zgarib bormoqda. Aloqa tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Dunyoning har burchagi bir-biriga yaqinlashib bormoqda. Chegaralar bartaraf etilmoqda va Berlin devorining buzilishi dunyo uchun muhim ishora hisoblanadi”,-deydi Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

Turkiya 2002 yildan beri katta o’zgarishlarga duch kelganini aytgan Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu: “Turkiya har bir qadamida va yangilikka qadam bosganida avvalo qo’rqitildi, so’ngra qarshilikka uchradi”,-dedi.

Turkiya katta maqsadlarga ega bo’lgan, o’z kuchining farqiga borgan barqarordavlat ekanini tilga olgan Sulaymon Soylu shu sababli g’arbning Turkiyaga nisbatan do’stona tushunchasi o’zgarganini bildirdi.



Aloqador xabarlar