Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 13-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiya-Germaniya o’rtasidagi oxirgi vaziyat haqida so’z qilamiz.

702356
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 13-qism

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari, ma’lum bo’lganidek oxirgi vaqtlarda Turkiya bilan Germaniya o’rtasida yuz bergan taranglik haligacha davom etmoqda. Aytib o’tish joizki bu taranglik Germaniyada turkiyalik vazirlar ishtirok etadigan yig’ilishning turli bahonalar bilan bekor qilinish sababidangina iborat emas. Uning avvalida ham ikki mamlakat o’rtasida terang tushunmovchiliklar yuz bergan edi. Yani Germaniya Turkiyaga birinchi marotaba bunday muomala qilib turgani yo’q. Angela Merkelning 2005-yili Germaniya kantsleri bo’lganidan beri Turkiya-Germaniya o’rtasida jiddiy muammolar yuz berdi. Bu borada Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Turkiyani 2009-yildan beri tinglab kelayotganligini bo’yniga oldi. Germaniya Federal hukumati bu bilan NATO a’zosi bo’lgan Turkiyaning do’st emasligiga shama qildi.

Ikkinchi Jahon urushidan keyin natsizm Germaniya siyosatidan chetlatildi. Lekin u yaratgan ijtimoiy tuzilish butunlay yo’q bo’lib ketgani yo’q. 2000-yillari chet elliklarga qarshi dushmanlik, turk millati va islom diniga qarshi ko’z qarashda paydo bo’lgan oqimlar soni Germaniyada avj oldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Hatto bu vaziyat shunday nuqtaga yetib keldiki o’ng va markazdagi siyosiy partiyalar buni saylovlarda g’alabaga yetaklagan yo’l sifatida baholay boshladilar. Buning dalili sifatida hozirgacha Germaniyada o’tkazilayotgan har bir saylovda bu haqida jaranglagan shiorlarni aytish mumkin. Afsuski bu holat borgan sayin avj olmoqda. Turkiyaga qarshi faoliyat yuritish Germaniya siyosatida oxirgi vaqtlarda urf-odatga aylandi. Islomofobiyaning ko’tarilishi va borgan sayin turk dushmanligiga aylangan nafrat shiorlari ijtimoiy sohadan siyosiy sohaga tarqadi.    

Germaniya oxirgi kunlarda shu yilning sentabr oyida bo’lib o’tadigan saylovlariga qaraganda ko’proq Turkiyadagi referendum bilan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an haqida gapirmoqda. Hatto gazeta va jurnallarida Angela Merkelga qaraganda ko’proq Prezident Erdog’anga o’rin berilmoqda. Kamiga PKK va FETO terror tashkilotiga quchoq ochmoqda. Bu vaziyat Germaniyada turk millati bilan islom diniga qarshi ko’z qarashning avj olganligidan xabar bermoqda. Buning Prezident Erdog’anning xalqni hukmronlikning markaziga olib chiqganligi va xalq foydasini ko’zlagan asosdagi erkin siyosat yuritganligi uchungina ekanligi albatta hammaga ma’lum.

Germaniya Yaqin Sharq, Bolqon, Kavkaz davlatlari, Qora dengiz va O'rta yer dengizining chorrahasida joylashgan Turkiyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishidan bezovta. Lekin Berlinning Turkiya bilan ba’zi sohalarda raqobatga kirish niyati yo’q chunki bugungi kunda dunyoning eng yirik, qariyb 150 million yo’lovchiga xizmat bera oladigan aeroporti Istanbulda qurilmoqda. Va u bugungi kunda Germaniyaning Frankfrut aeroporti ko’tara olmagan yukni ko’taradi va atrofidagi neg yirik tranzit stansiyasiga aylanadi.

Turkiya 15-iyul voqeasidan keyin Turkiyani yolg’iz qoygan yevropalik siyosatchilardan hafa. Shuningdek 15-iyul voqeasiga Germaniyaning 2016-yilning 2-iyunidagi majlis qarorini ilova qilgudek bo’lsak unda Turkiyadagi Germaniya tushunchasini tezlik bilan nima uchun yomonlashib ketganligining sabablarini tushinib yetamiz albatta.  Yevropaning iki yuzlamachiligini, Turkiyadagi 15-iyul voqeasi chog’ida yana bir bor ko’rdik. Bu vaziyat ham Germaniyaning, ham Yevropaning turk xalqining demokratiyani himoya qilishiga qaratilgan kurashiga ko’rsatgan salbiy muomalasi hisoblanadi. Eng qizig’i Germaniyaning Turkiyadagi referendumga qarshi ko’z qarashi. Turk xalqining qanday hukumat tizimini xohlaganligi Germaniyani qiziqtirmasligi kerak.  Turkiyaning boshqaruv tizimiga albatta turk xalqi qaror beradi, Germaniya emas.

Agar shu yilning sentabr oyida Germaniyada bo’lib o’tadigan saylovlarni hisobga olgudek bo’lsak unda Turkiya-Germaniya munosabati ungacha yana da ortga tisariladi. Agar Germaniya Turkiyaga bo’lgan bu muomalasini o’zgartirmagudek bo’lsa unda bir vaqtlari baxtli kelajak uchun va’da bergan ikki mamlakat munosabati yana da yomonlashib ketaveradi.

Aytib o’tish joizki do’stona munosabatlar va yaqin hamkorlik ikki mamlakatning ham foydasiga. Oxir oqibatida ikki tomonning ham bir-biriga ehtiyoji bor. Lekin davomli taranglikni orttitish Turkiyaga qaraganda ko’proq Germaniyaga ziyon beradi. Turkiyaning tashqi siyosatida imkonlar ko’payib bormoqda. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Turkiya Yevropa ittifoqi iblan Germaniya bo’lsa ham bo’lmasa ham o’z yo’lini davom ettiradi. Lekin Germaniya va ba’zi Yevropa ittifoqi davlatlarining Turkofobik/ Islomofobik muomalalalari o’zlariga ziyon berishiga yo’l ochadi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar