Turkiya bo'ylab va xorijda referendum hayajoni...

Turkiyada va xorijda yashagan fuqarolar 16 Aprel kuni ovoz beradi.

699671
Turkiya bo'ylab va xorijda referendum hayajoni...

Turkiyda 16 Aprel kuni konstitutsiyaga o'zgarish kirish uchun o'tkaziladigan referendumda ovoz berish mavzusida, xorijda yashagan Turk fuqarolarining bugundan e'tiboran ovoz berish jarayoni boshlatildi.

3 milliondan ziyod saylovchi, 57 o'lkada 120 vakolatxonada 9 Aprel kunigacha ovoz beradi.

Ovoz berish ertalab soat 09:00 da boshlanadi.

Daslab, Daniya, Belgiya, Fransiya, Avstriya va Germaniyada yashagan Turk fuqarolari ovoz beradi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida ovoz berish 1 Aprel, Biqlashgan Qirollikda 6 Aprel, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida va Gollandiyada 5 Aprel, Italiya va Saudiya Arabistonda 7 Aprel, Yunoniston va Rossiyada 8 Aprel kuni ovoz berish jarayoni boshlanadi.

Boshhona eshiklarida ham bugun boshlagan ovoz berish muddati 16 Aprel soat 17:00 gacha davom etadi.

Saylovchilar, faqat belgilangan joylarda emas, istagan nuqtada ovoz berishi mumkin.

Saylovchilarning Turkiya Respublikasi kimlik hujjati bo'lishi kerak.


Tanlangan kalimalar: #16 aprel , #referendum , #ovoz beriladi

Aloqador xabarlar