Boris Jonsonni Prezident Erdog’an bilan Bosh vazir Yildirim alohida-alohida qabul qildi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson navbatdagi Turk-ingiliz shirinso’z forumida ishtirok etish uchun Antaliyada.

698984
Boris Jonsonni Prezident Erdog’an bilan Bosh vazir Yildirim alohida-alohida qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirim Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonni Antaliyada alohida-alohida qabul qildi.  

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson navbatdagi Turk-ingiliz shirinso’z forumida ishtirok etish uchun Antaliyaga keldi.   

Johnson, Turkiya bilan Buyuk Britaniya o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil topgan forumning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ochilish marosimi ortidan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan qabul qilindi.

Boris Johnson ushbu uchrashuv ortidan Bosh vazir Binali Yildirim tomonidan ham qabul qilindi.

Bosh vazir Binali Yildirim shuningdek York gertsogi-shahzoda Endryu bilan ham uchrashdi. 

Bosh vazirning matbuotga yopiq ravishda o’tkazgan ushbu uchrashuvida Turkiya Respublikasining Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik bilan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining Yevropa va Amerika masalalari bo’yicha o’rinbosari, Parlament a’zosi Alan Dukan ham ishtirok etdi.   



Aloqador xabarlar