Rus diplomat Sergey Panov Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rus askarlarning Suriyadagi PYD va PKK terroristlari bilan birgalikda tasvirga tushgan fotosuratlari internet tarmoqlarida keng tarqalgan edi.

698218
Rus diplomat Sergey Panov Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Turkiya hukumati Rossiyaning Ankaradagi maslahatchisi, rus diplomat Sergey Panovni tashqi ishlar vazirligiga chaqirib, ogohlantirdi.

Chunki, so’ngi paytlarda rus askarlarning Suriyadagi PYD va PKK terroristlari bilan birgalikda tasvirga tushgan fotosuratlari internet tarmoqlarida keng tarqalgan edi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Suriyada terror tashkiloti PYD va PKK ishg’olidagi hududlarda ro’y bergan o’zgarishlar tufayli, Rossiyaning Ankaradagi maslahatchisi, rus diplomat Sergey Panovga ikki kun ichida ikki marta ogohlantiruv berdi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi elchi Husayin Muftuog’lu ham haftalik matbuot anjumanida gapirib o’tgan edi.

Manbalarda yozilishicha, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi vakillari rus maslahatchi Panov bilan yuzma-yuz uchrashuv o’tkazgan.

U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qattiq ogohlantiruv olgan.

Ma’lumki, rus askarlarning Halabda Navro’z bayramiga qatnashib, qo’llarida Turkiyaga qarshi kurashayotgan bo’luvchi terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG va YPJ bayroqlarini ko’tarib tasvirga tushgani internet tarmoqlarida tarqalgan edi.

Hatto fotosuratlarda mintaqadagi rus qo’shinining qo’mondoni general-leytenant qo’liga YPG emblemasini taqib olgani tasvirlangan.

Bundan kelib chiqadiki, Turkiyaning eng yaqin hamkori bo’lgan Rossiya Turkiyani qo’llab quvvatlash o’rniga, uning dushmanlari bilan til biriktirmoqda.

“Rossiya hukumati Turkiyaning PYD va YPG terror tashkilotlariga nisbatan munosabatini juda yaxshi biladi. Shu sababli, bu tasvirlar bizni chuqur larzaga soldi”,-deyiladi tashqi ishlar vazirining ogohlantiruvida.

Shuningdek, Rossiyaning poytaxti Moskvada ochilgan PYD va PKK terror tashkilotlari markazining faoliyatini darhol to’xtatish va markazni yopish talab qilindi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik: “Turkiya AQSh bilan Rossiyaning YPG terror tashkiloti bilan hamkorlik qilishini qabul qilmaydi”,-dedi.



Aloqador xabarlar