Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 11-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida Turkiya ortidan o’tgan oyda Rossiya tomonidan ham tasdiqlagan Turk oqimi tabiiy quvir gaz liniyasi loyihasi haqida so’z qilamiz.

692688
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 11-qism

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Bugun sizga Turkiya ortidan o’tgan oyda Rossiya tomonidan ham tasdiqlagan Turk oqimi tabiiy quvir gaz liniyasi loyihasi haqida so’z qilamiz.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Turk oqimi tabiiy quvir gaz liniyasi loyihasi to’g’risidagi shartnomaga qo’l qo’ydi. Ushbu shartnoma Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan 2016-yilning 2-dekabri kuni tasdiqlangan edi.   

Rossiya parlamentining quyi palatasi - Davlat Dumasida 2017-yilning 20-yanvari kuni, Rossiya Federatsiyasi kengashida esa 1-fevral kuni qabul qilindi.  Turk oqimi tabiiy quvir gaz liniyasi loyihasi to’g’risidagi hukumatlararo shartnomaga esa Turkiya bilan Rossiya o’rtasida 2016-yilning 10-oktabrida qo’l qo’yilgan.

Loyihaning dengiz yo’li Rossiya tuproqlaridagi Anapadan boshlanib, Turkiyaning Trakiya mintaqasidagi Kiyiko'y shaharchasida o’z nihoyasiga yetadi. Turk oqimi orqali Turkiya yana da arzon narxda gaz oladi. Chunki tabiiygaz bu loyiha orqali Turkiyaga tranzit mamlakatlar orqali emas to’g’ridan-to’g’ri yetib keladi. Turkiya hozirda Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya liniyasi orqali bir yilda 14 milliard m3 tabiiy gaz olmoqda. Turkiya bu loyiha orqali bundan buyon Rossiyadan/ Qora dengiz orqali to’g’ridan-to’g’ri tabiiy gaz oladi. Bu vaziyat o’tish puli to’lamaganligi uchun Turkiyaning yana-da arzon gaz olishini ta’minlaydi. Kelajakda Rossiya-Ukraina yoki Rosssiya Ruminiya/ Bolgariya o’rtasida kelib chiqish ehtimoli bo'lgan inqirozlardan ham Turkiya salbiy ta’sir ko’rmaydi. Turk oqimining olib o’tish hajmi tahminan 1 yilda 63 milliard m3. Turkiyaning bu loyihadan yillik 14 milliard m3 tabiiy gaz olishi va qolgan 49 milliard m3 tabiiy gazning Turkiya orqali Yevropaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bugungi kundagi g’arb davlatlarining ikki standartli siyosatlari, Turkiya bilan Rossiyani bir-biri bilan hamkorlik qilishga chorlamoqda. Shunday ekan xalqaro va mintaqaviy kon'yunktura Turk oqimi loyihasi uchun munosib siyosiy maydon paydo qilishi tabiiy albatta. Turk oqimi loyihasi Turkiyaning tabiiy gaz talabining xavfsizligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi va lekin loyiha Turkiyaning energiya talabiga cheklangan miqdorda javob beradi.

Turk oqimi loyihasi orqali Turkiya Rossiyadan qo’shimcha gaz olmaydi. Faqatgina tabiiy gazning liniyasini o’zgartirmoqda. Turk oqimi loyihasi orqali Yevropaga yuboriladigan tabiiygazning Turkiya tuproqlaridan o’tishi, Turkiyaning elektr energiya markazi bo’lish yo’lidagi strategiyasiga hissa qo’shadi. Rossiya tabiiygazining Turkiya orqali Yevropaga, Turk oqimi nomi bilan bog’lanishi Turkiya-Rossiya munosasbatlarini ham stabil holga aylantiradi. Bu nuqtai nazardan Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlarida ham elektr energiyasi ustidan yangi davrning boshlashini kutishimiz mumkin.  

Turk oqimi loyihasi Rossiyaning Turkiyaga bo’lgan ishonchining natijasi. Turk oqimi, energiya transferida yangi manzilning tashkil topishi va ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga ijobiy tomondan hissa qo’shishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek Turkiyaning birinchi atom stansiyasi bo’ladigan Akkuyu atom stansiyasining Rossiyaga oid energiya firmasi tomonidan qurilishi ham ikki mamlakat munosabatlariga yangi chexra baxshetmoqda.    

Oxirgi vaqtlarda global miqyosda muhim elektr energiyasi loyihalarida o’rin olgan Turkiya, elektr energiyaning markaziga aylanish yo’lida ushbu Turk oqimi loyihasi orqali ham muhim qadamlar tashlamoqda. Ham Turk oqimi, ham TANAP (Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasi va TAP (Trans-Adriatika gaz quvur liniyasi) loyihalari orqali Turkiya, energiya tarqatish borasida vositachilik vazifasini o’z zimmasiga oladi. Shu yol orqali energiya xaritasida startegik nuqtaga qo’l yetkazadi. Energiyaning global siyosatdagi va global iqtisodiy bozordagi o’rni hammaga ma’lum. Shunday ekan Turkiyaning energiya markaziga aylanish yo’lida tashlagan ushbu shaxdam qadamlari uning mintaqaviy aktyordan, global aktyorga aylanishi jarayonida hal qiluvchi rol o’ynaydi.  

Buni biz faqatgina iqtisodiy yutuqlar perspektivasidan baholashimiz albatta noto’g’ri. Bu vaziyat ayni vaqtda albatta siyosiy jihatdan ham Turkiyaning kuchiga-kuch qo’shadi degan ma’noni anglatadi. Chunki mintaqada geografik o’rni jihatidan energiyaning savdo markaziga aylanadigan eng manfaatli mamlakat Turkiya hisoblanadi. Faqat Turkiya energiya sohasidagi muvaffaqiyati uchun avvalom bor o’z talabidan yana-da ko’proq tabiiy gaz talabiga va manbaa turlariga ehtiyoji bor.

Turkiya bugngi kunda rus tabiiy gazini Moviy oqim va Trans Bolqon quvir liniyalari orqali ta’minlamoqda. Turk oqimi bilan Turkiya manbaa emas lekin yo’lak turini ko’paytirmoqda. Turkiya kelajakda elektr energiyasining yo’lagi masalasida yana-da faol siyosatlar kuzatib borishi darkor. Bu borada faqatgina bir ko’prik bo’lib qolmasligi kerak. Natijada shuni aytib o’tish joizki Turk oqimi Turkiyaning milliy energiya strategiyasining kuchiga-kuch qo’shish yo’lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar