Turkiya orqali noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga otlangan muhojirlar qo’lga tushdi

Noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonning Sakiz oroliga yo’l olgan 104 muhojir Izmirdagi ko’chmanchilar bilan ishlash idorasiga topshirildi.

694990
Turkiya orqali noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga otlangan muhojirlar qo’lga tushdi

Turkiyaning Izmir viloyati Cheshme tumanidan noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan 104 muhojir qo’lga tushirildi.

Sohil xavfsizlik xodimlari Cheshme sohilida ketayotgan bir qayiqni to’xtatdi.

Qayiqda chet el millatiga mansub 97 ta muhojir borligi aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, bulardan 47 nafari Suriya fuqarosi.

Shahar jandarm qo’mondonligi xodimlari ham dengizda qayiq bilan ketayotgan 54 ta muhojirni qo’lga oldi.

Muhojirlarning barchasi Suriya fuqarosi ekani aniqlandi.

Noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonning Sakiz oroliga yo’l olgan 104 muhojir Izmirdagi ko’chmanchilar bilan ishlash idorasiga topshirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #muhojir , #Izmir , #Yunoniston , #noqonuniy

Aloqador xabarlar