18-Mart Chanoqqal’a g’alabasini nishonlash va shahidlarni yodga olish kuni

Chanoqqal’a turk tarixining shonli sahifasidir. Shu bois ham tarixning bu sahifalarini xalq, benihoya e'zozlaydi. Chanoqqal'a qahramonlari-yu, shahidlarini nomma-nom biladilar.

692778
18-Mart Chanoqqal’a g’alabasini nishonlash va shahidlarni yodga olish kuni

Birinchi jahon urushi davrida Istanbulga ko'z tikkan Angliya bilan Fransiyaning harbiy dengiz flotlari, Chanoqqal'a bog'ozini dengiz yo'li orqali bosib olishga harakat qilgan. Usmonli armiyasi va dengiz kuchlarining katta g'alabasi bilan natijalangan ushbu hujum Angliya bilan Fransiya harbiy dengiz flotlarining katta yuqotishlari ortidan yakun topgan. Ortidan bu kuchlar bog'ozni dengiz orqali bosib ololmasliklarini tushunib yetgach quriqlikdan urush boshlatgan. Shunday bo’lishidan qat’iy nazar Turk xalqining jasurligi va fidokorligi bilan ko'plab shahid berilishiga qaramay Chanoqqal'a bog'ozi qutqarib qolingan. Shu bois ham tarixning bu sahifalarini xalq, benihoya e'zozlaydi. Chanoqqal'a qahramonlari-yu, shahidlarini nomma-nom biladilar. “Chanoqqal’a bosib olinmaydi” so’zi do’st ham, dushman ham tushinib yetadigan bir til orqali takror-takror yangraydi. Ko'pchilik ular haqida uzoq-uzoq so'zlab beradilar.

Bugun butun Turkiya Chanoqqal’a g’alabasini nishonlab, shahidlarni yodga olmoqda.

Shunday ekan biz ham yana bir bor, “Chanoqqal’a bosib olinmaydi” demoqchimiz.

Chanoqqal’a bosib olinmaydi!!!



Aloqador xabarlar