Turkiyadagi PKKga qarshi kurash, mamlakatning Shirnak viloyatida davom etmoqda

Turk xavfsizlik kuchlari viloyatning Uludere tumani yaqinlaridagi Turkiya-Iroq chegarasida, terrorizmga qarshi kurash doirasida maxsus amaliyot boshlatdi.

689250
Turkiyadagi PKKga qarshi kurash, mamlakatning Shirnak viloyatida davom etmoqda

Turkiyaning Shirnak viloyatining, Uludere tumanida xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan terrorizmga qarshi kurash doirasida 7 nafar PKK a’zosi yo’q qilindi.  

Xavfsizlik kuchlari Uludere tumani yaqinlaridagi Turkiya-Iroq chegarasida terrorizmga qarshi kurash doirasida maxsus amaliyot boshlatdi.  

Turkiyaga kirish uchun tayyorgalik ko’rayotgan PKK terror tashkilotiga a’zo 10-15 terroristga qarshi kurash olib borildi.

Shu doirada eng avvalo mintaqaga ketgan haydovchisiz havo vositalari orqali terroristlarning manzili aniqlanganidan keyin urush uchoqlari orqali nishonga olingan nuqtalar vayron qilindi.  

Quriqlik va harbiy havo kuchlari tomonidan birgalikda olib borilgan amaliyot natijasida bugungacha PKK terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo’q qilindi.  

2 ta DShK quroli va ko’plab ro’zg’or buyumlari qo’lga kiritilgan amaliyot, hozirda ham qarorlilik bilan davom etmoqda.



Aloqador xabarlar