Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Shu doirada Turkiyaning Diyarbakir viloyatining Lije tumani bilan Bingo’l viloyatining Gench tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan harbiy amaliyot oqibatida 10 terrorist yo’q qilindi.

686854
Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Diyarbakir viloyatining Lije tumani bilan Bingo’l viloyatining Gench tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan harbiy amaliyot oqibatida 10 terrorist yo’q qilindi.

Terroristlar o’rin olgan maydonlar avvalom bor Turk Harbiy-havo kuchlar qo’mondonligiga oid urush uchoqlari orqali vayron qilindi.

Ortidan terroristlar bilan to’qnashuv kelib chiqdi.

Buning oqibatida Lije tumanidagi to’qnashuvda 4, Gench tumanidagi to’qnashuvda esa 6 terrorist yo’q qilindi.

Lijeda o’lik holatda qo’lga tushirilgan terroristlardan birining 22 ta jinoyat yuzasidan qidiruvda ekanligi va Diyarbakirda amalga oshirilgan 7ta teraktning aybdori Erhan Siser tahallusidagi Edip Yetut ekanligi aniqlandi.    

Yashil rangdagi ro’yhatda qidirilayotgan bu terroristni topib, xavfsizlik organlariga topshiradiganlarga atab 1 million mukofat puli qo’yilgan edi.

Turkiyaning Erzinjan viloyatining Kemah mintaqasida uyushtirilgan amaliyotda ham terroristlar tomonidan foydalanilgan g’or va boshpanalar yo’q qilindi.

Amaliyotlarda ko’plab qurol va o’q-dorilardan tashqari ko’plab narkotik moddalar ham qo’lga kiritildi.

Turkiyaning Hakkari viloyatida esa davlat muassasalariga qarshi terakt uyushtirish uchun daryo etagiga yashirinib qo’yilgan qurollar topildi. Tashkilot tomonidan nishonga olingan kishilarga qarshi suiqasd tayyorgarligi ichidagi bir terrorist ham qo’lga tushirildi.

 



Aloqador xabarlar