Prezident Erdog'an amaliy tashrif bilan Pokistonda

Prezident Erdog’an bugun Pokistonda, navbatdagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etar ekan ayni vaqtda liderlar bilan o’zaro uchrashuvlar o’tkazib, ular bilan mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar haqida fikr almashishi kutilmoqda.

681965
Prezident Erdog'an amaliy tashrif bilan Pokistonda
cumhurbaşkanı erdoğan pakistan 2.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Pokiston poytaxti Islomobodda uyushtiriladigan 13-Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish maqsadida Pokistonga ketdi.

Prezident Erdog'anni Pokistondagi Nur Hon nomidagi harbiy aeroportda Adliya vaziri Zahid Hamid, Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Babur Girgin va Turkiyaning Tahrandagi elchisi Hakan Tekin kutib oldi.  

Erdog’an kecha, Pokiston Prezidenti Husayn Mamnun tomonidan berilgan rasmiy kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi. Ortidan esa Pokiston poytaxti Islomobodda, Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif bilan uchrashdi.  

Bosh vazirlik qarorgohida bo’lib o’tgan va Prezident Erdog’anning turmush o’rtog’i Emine Erdog’an ham ishtirok etgan matbuotga yopiq ravishdagi ushbu uchrashuv qariyb 40 daqiqa davom etdi.  

Prezidentlik Matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko’ra Erdog’an bugun, navbatdagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirokchilarga xitob etadi. Shuningdek, liderlar bilan uchrashuv o’tkazadi.  

Uchrashuvlarda o’zaro munosabatlar bilan birga mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar haqida fikr almashilishi kutilmoqda.

Sammitda Yevroosiyo hududining muhim iqtisodiy hamkorligi mexanizmlaridan biri hisoblangan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining bundan keyingi 10 yillik perspektivasini o’rtaga qoyadigan keng ko’lamli qarorlarning olinishi kutilmoqda.

Prezident Erdog'an’ga Pokiston ziyorati chog’ida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Transport, dengizchilik va aloqa vaziri Ahmet Arslan, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak bilan Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar hamrohlik qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar