Prezident Erdog'an, “O’z tarixini o’zi yozolmagan xalqlar, boshqalarning asiriga aylanadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an navbatdagi Xalqaro CNR Kitob yarmarkasining ochilish marosimida nutq so’zlar ekan Prezident o’z nutqida, 15-iyul voqeasining xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan xalqqa qanday yetkazilganligi masalasiga to’xtaldi.

680164
Prezident Erdog'an, “O’z tarixini o’zi yozolmagan xalqlar, boshqalarning asiriga aylanadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an ba’zi xalqaro qora propagandalarga qarshi kurash olib bora olish uchun, kuchli bo’lishga majbur ekanliklarini aytdi.

Prezident Erdog'an Dunyoning 19 davlatidan roppa-rosa 300 ta nashriyot-matbaa ijodiy uyi ishtirokida uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro CNR Kitob yarmarkasining ochilish marosimida nutq so’zladi.

Ushbu nutqida Prezident Erdog'an o’z tarixini o’zi yozolmagan, o’z adabiyotchilari tomonidan tarixiy mavzularda asarlar chop etolmagan xalqlar boshqalarning asiriga aylanishini ta’kidladi.

Xalqlar o’zlarini chiroyli, mazmunli asarlar orqali tanishtira olishini ifodalagan Erdog’an, o’zini to’g’ri ifoda etolmagan xalqlarning esa ba’zi yomon niyatli atrof-muhitning qora propagandasining asiri bo’lib qo’lishi mumkinligini aytdi.

Turkiyaning ham o’tmishda ba’zi qora propagandalarga ma’ruz qo’lganligini va bunga qarshi uzoq yillar kurashishga majbur qo’lganligini eslatgan Erdog’an;

“Shuni aytib o’tish joizki ushbu kurash boshqacha tarzda bugun ham davom etmoqda. Oxirgi yillarda yuz bergan voqealarning xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan xalqqa qanday yetkazilganligi sizga ham ma’lum. Terroristlarni qahramonlardek ko’rsatgan, haqiqiy qurbonlarni ko’rmaslikka olgan, yurtimiz va davlatimizni quruq tuhmatga qo’ygan ma’lumotlarning ortida yomon niyatli uydirmalar mavjud. Yurtimizga qaratilgan bu muomalaning yaqqol o’rnaklaridan biri esa hech shubhasiz 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusidir” dedi.     

Erdog’an, 2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiyada qo’l urilgan FETO tashabbusining turli adabiy va san’at sohalarida takror-takror qo’lga olinishining Turkiya kelajagi jihatidan katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek Prezident;

“15-iyul voqeasining to’g’ri tushintirilishi, to’g’ri yetkazilishi borasida boshqalarining insofiga, boshqalarning vijdoniga, mexnatiga qarab o’tirolmaymiz. Qarzga olingan aql, qarzga olingan tushunchalar orqali hech narsa qilinishi mumkin emasligini qabul qilishimiz darkor” dedi.

   

 



Aloqador xabarlar