Chavusho'g'li, "al-Bob terroristlardan qutqarildi, Rakkani ham o'z egalariga topshiramiz" dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Turkiyaning Antaliya viloyatida jurnalistlarga, Firat qalqoni amaliyoti bilan Turk-Amerika munosabati haqida bayonot berdi.

679817
Chavusho'g'li, "al-Bob terroristlardan qutqarildi, Rakkani ham o'z egalariga topshiramiz" dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Suriyaning al-Bob shahrining terroristlardan qutqarilganligini bundan keyingi jarayonda esa, tuzoqdagi portlaguvchi moddalarni yo’q qilish amaliyotining boshlashini ma’lum qildi.

Bu haqida Turkiyaning Antaliya viloyatida bayonot bergan Mevlut Chavusho'g'li Firat qalqoni amaliyotida DEASh terror tashkilotiga qarshi oxirgi o’qning uzilganligini va shaharning terroristlardan qutqarilganligini eslatib,

“Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi ham aytib o’tganidek shahar batamom nazorat ostiga olindi lekin bundan keyingi jarayonda mintaqaning portlaguvchi moddalardan tozalanishi darkor. Umid qilamizki ortidan shahar ahalosi o’z uy-joylariga qaytib, tirikchiligini qilish baxtiga muyassar bo’ladi” dedi.   

Navbatda Rakka amaliyoti borligini ham eslatgan Mevlut Chavusho'g'li ,

“Koalitsiya tarkibidagi mamlakatlardan Fransiya, Germaniya va Angliya bilan muzokaralar o’tkazdik. Rakka, maydondagi kuchlar orqali bemalol DEASh terror tashkilotidan qutqariladi va mintaqani haqiqiy egalariga yani rakkaliklarga topshiramiz” dedi.

Chavusho’g’li Turkiya-Amerika Qo’shma Shtatlari munosabatidagi oxirgi vaziyatni ham baholar ekan Tashqi ishlar vaziri o’z so’zida, Fetullahchi terror tashkilotining to’daboshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi masalasi Turk-Amerika munosabatiga salbiy ta’sir ko’rsatganligini ta’kidladi. Shuningdek “bizning ittifoqchimiz bo’lgan bir mamlakatning Suriyada ham YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashi qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ridir” dedi.   

Mevlut Chavusho'g'li AQShning yangi hukumati bilan Turk-Amerika munosabatida yangi sahifa ochish niyatida ekanliklarini ta’kdilab,

“Yangi hukumat sobiq hukumatning hatolarini qo’llab-quvvatlamoqda. Umid qilamizki bu ikki mamlakat munosabati albatta, bir kunmas bir kun yo’lga qo’yiladi” deya gapirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar