Chavusho’g’li, Kipr muzokaralarida Kiprning grek tomoni yaratgan muammo yuzasidan ShKTRda

Mevlut Chavusho'g'li Kipr muzokaralarida Kiprning grek tomoni yaratgan muammo yuzasidan ShKTRga borar ekan u yerda Prezident Mustafa Akinji bilan birgalikda ishtirok etgan matbuot anjumnida bir savolga javob tariqasida, Rakka amaliyotini baholadi

677325
Chavusho’g’li, Kipr muzokaralarida Kiprning grek tomoni yaratgan muammo yuzasidan ShKTRda

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li DEASh terror tashkilotiga qarshi YPG-PKK terror tashkilotlari bilan birgalikda kurash olib borilmasligi kerakligini aytdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li: “DEASh terror tashkilotiga qarshi YPG-PKK terror tashkiloti bilan birgalikda kurash olib borishlik, yotoqqa ilon bilan birgalikda kirishga barobar” dedi.  

Roppa-rosa 99 foizlik sunniy mazhabdagi arab aholisi yashagan bir shaharga shia mazhabidagi jangarilarni kiritish xavfli ekanligini ifodalagan Tashqi ishlar vaziri, “Shuning uchun ham Hashdi Shabi bugungacha Mosulga kiritilgani yo’q. Rakka amaliyotida DEASh terror tashkilotiga qarshi PKK va YPG terror tashkilotlari bilan birgalikda kurash olib borishlik ham huddi ana shunday xavflidir” dedi.

Rossiya bilan davom etgan havo mudofaa tizimi to’g’risidagi muzokaralar haqidagi savolga qarshi Chavusho’g’li, “S-400 ga atalgan muzokaralarmiz ijobiy ravishda davom etmoqda” dedi.

Chavusho’g’li, Kipr muzokaralarida Kiprning grek tomoni yaratgan muammo yuzasidan kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga bordi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li u yerda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Akinji bilan uchrashganidan keyin bergan bayonotida, Kiprning grek tomonini, orzu havaslaridan voz kechib, muzkaraga qaytishga undadi.



Aloqador xabarlar