Turkiyada istiqomat qilgan muhojir soni 3 million 551 ming 78 nafar.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, Turkiyada muhojir va ko’chmanchi sifatida istiqomat qilganlarning soni 3 million 551 ming 78 nafar  deb e’lon qildi.

673213
Turkiyada  istiqomat qilgan  muhojir soni 3 million 551 ming 78 nafar.

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, Turkiyada muhojir va ko’chmanchi sifatida istiqomat qilganlarning soni 3 million 551 ming 78 nafar  deb e’lon qildi.   

So’ylu, “ Ko’ch siyosati kengashi yig’ilishida so’zlagan nutqida, Suriya va Iroqdagi  o’zgarishlarning ortidan sodir bo’lgan ko’ch to’lqini ko’ch boshqaruvini asos olgan yangi bir tashkilotga ehtiyoj his etganlarini ma’lum qildi.   

Ichki ishlar vazirligi qoshida Ko’ch  boshqarmasi  bosh direktorligi tashkil etilganini eslatgan So’ylu, Turkiyaning Suriya inqirozi bilan aloqali tobora ortgan inson harakatligiga qarshi ham qoida qonun hamda bergan reaksiya bilan dunyoda bir o’rnak tashkil etganini ifoda etdi.

 Vazir So’ylu,

“ Biz ushbu mas’uliyatni, G’arblik do’stlarimiz kabi faqatgina Aylan chaqaloqning jasadi sohilga urgandan  )Sentabr 2015) so’ngra farq etmadik” deb ta’kidladi.

Sulaymon So’ylu, hech kimni eshikdan qaytarmagan, insonlarni orqalaridan  kelgan  o’qqa  va bombalarga qaytarmagan Turkiya  bugunki kunda  3 million 551 ming 78 nafar muhojir yoki ko’chmanchiga mezbonlik qilmoqda deb ma’lum qildi.

So’ylu,

“Yevropa ittifoqi o’lkalari barchasida  qabul etgan Suriyalik muhojir soni esa 866 ming  931 kishidir. Turkiyaning mehmon qilgan kishi soni buning to’liq 3,3 barobaridir ” deb aytdi.

 

 



Aloqador xabarlar