Prezident Erdo’g’an, Bahrayn bilan bu geografiyada kelajagimiz  taqdirimiz mushtarak dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Bahrayn bilan bu geografiyada kelajagimiz  taqdirimiz mushtarak dedi.

671499
Prezident  Erdo’g’an, Bahrayn bilan bu geografiyada kelajagimiz  taqdirimiz mushtarak dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Bahrayn bilan bu geografiyada kelajagimiz  taqdirimiz mushtarak dedi.

Rasmiy  bir ziyorat uchun Bahyraynda bo’lgan Prezident Erdo’g’an,

“ Bu geografiyada  taqdirimiz mushtarakdir. Bu tuproqlarda  o’tmishimiz  kelajag’imiz ham mushtarakdir.  U yerlarda yashagan birodarlarimizning boshiga kelgan erta yok kech  bizning ham boshimizga kelmasligi uchun bir kafolat yo’qdir” deb aytdi.

Prezident Erdo’g’an, Bahray bosh vaziri Xalifa bin Salamon Al Xalifa va Bahrayn valiahd shahzoda Salmon bin Hamad Al Xalifani qabul qildi.

Matbuotga yopiq amalga oshgan qabullar, taxminan bir soat davom etdi.

Prezident Erdo’g’an, qabulning ortidan Bahrayn  bosh vaziri Xalifa bin Salmon Al Xalifa bilan birgalikda  matbuoti anjuman uyushtirdi.

Prezident Erdo’g’an,

“ Etnik kimlik, til qabila, rang va mazhab asosida  bir- biriga begonalashgan Musulmonlar, Suriyada, Iroqda, Liviyada, Yamanda ba yana ko’plab  yerda o’z- o’zini  yo’q qilmoqda.

Arab va  Islom madaniyatining  eng go’zal shaharlari terror tashkilotlarining, xorijiy kuchlarning yo’q qilishi maydoni  holiga keltirishini barchamiz ta’qib etmoqdamiz. Insonlik vijdoni  bunga qarshi  jim- jit qolgan bu vaziyat qarshisida hokim kuchlarni  rag’batlantirmoqda. Boshqa tomondan  riyo bilan  yig’lamoqda.” Deb aytdi.

Prezident Erdo’g’an “ Barcha  Islom olami, hatto insoniyatning kelajagi uchun birlik va birdamlik lozim, birgalikda harakat etish zamoni kelgandir. Qo’shnilar zillatda yashar ekan, ayni tilda gaplashgan birodarlarimiz zulm ko’rar ekan,  hech bir o’lka, hech bir jamiyat  faqatgina o’z  kelajagini o’ylab  qolmas ” Dedi.

Prezident Erdo’g’an,

“ Biz tashlagan qadam bir qat’iylik bilan davom etmoqda . Undan so’ngra sharqga yo’nalib Munbich va Rakkada agar koalitsiya kuchlari bilan mushtarak qadam tashlasak, bu mushtarak qadam  bilan birgalikda u yerdagi ma’lum maqsad esa u yerni terroristlardan  tozalangan bir xavfsiz hudud  holga keltirish maqsadimizdir. Terrordan tozalangan bu xavfsiz mintaqaga, ayniqsa  umuman Arab birodarlarimiz, Turkmanlar joylashish imkonini  topadi.”dedi.

Prezident Erdo’g’an, “ holi hozir dunyoning ba’zi joylarida, terror bilan Islomni yonma- yon qo’yganlar bor. Bu yerda  yana shuni  aytmoqchiman. Radikalizm bilan Islomni  kimsa yonma- yon keltirmasin. Chunki, Islom radikalizmni qabul etmas.” Dedi.

Erdog’an, “ Bizning ilk qiblamiz bo’lgan Quddus sharifda  faqatgina Musulmonlar emas, barcha xalqaro jamoaning  huzur- halovatini buzadi, vijdonlar yaralanadi. Taomillar o’zgaradi hayotga tatbiq etishga qarshi barcha sezgir bo’lishi shartdir.  Bunga o’xshash taranglikni  avj oldirishdan boshqa bir foydasi bo’lmaydi. BMT xavfsizlik kengashi 2 ming 334 raqamli qaroriga qaramasdan Isroilning Sharqiy Quddus va g‘arbi sohilda yangi turar- joy insho etish qarori esa bir provokatsiyadir. Xalqaro huquq va inson haqlarini diqqatga olmasdan Falastinga tatbiq etgan qamal bilan, noqonuniy    uy- joy qurishni yakunlashi kerak. Yaqin sharqda  doimiy tinchlik va barqorlik shartdir.” Deb aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident , #Erdo'gan , #Bahrayn , #Ziyorat , #terror

Aloqador xabarlar