Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu Turkiyada...

Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan prezidentlik saroyida kutib olindi.

667733
Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu Turkiyada...

Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Virtu dastlab, Chankaya ko’shkida Bosh vazir Binali Yildirim bilan uchrashdi, so’ngra Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan prezidentlik saroyida kutib olindi.

Uchrashuv chog’ida, ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so’ng, matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda Efiopiyadagi Fathulloh Gulen harakatiga tegishli maktablarning yopilishini aytgan Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtuga minnatdorchilik bildirgan Erdog’an: “Efiopiya Fathulloh Gulen harakatining haqiqiy jirkanch yuzini ko’ra olgan va insoniyatga qanchalik xavf solganini anglay olgan do’st davlatlardan biridir. Bu masalada bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilyabmiz. Fathulloh Gulen xavfini nafaqat Efiopiyadan balki, mintaqadagi barcha davlatlardan tozalashga qattiq bel bog’ladik”,-dedi.

Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu ham 15 iyul voqealarida ko’rsatgan qahramonligi uchun prezident Erdog’anni tabrikladi va Turkiyaning Afrikada o’z faoliyatini ko’rsatishidan umidvorligini tilga oldi.

Shuningdek, Efiopiya Prezidenti Mulatu Tesgome Virtu 15 iyul voqealarida Fathulloh Gulen harakati tomonidan portlatilgan Turkiya Oliy majlisini ko’zdan kechirdi va gulchambar qo’ydi.

Virtu majlis binosini ko’zdan kechirar ekan, Turkiya Oliy majlisi raisining o’rinbosari Ahmet Aydin unga hamrohlik qildi.

Turkiya-Efiopiya munosabatlari juda qadimga borib taqalganini aytgan Ahmet Aydin ikki davlat 1896-yildan beri, ya’ni 2-Abdulhamid davridan beri yaqin aloqada ekanini ta’kidlab o’tdi.

Ma’lum bo’lishicha, Fathulloh Gulen harakatining Efiopiyadagi maktablari Maorif fondiga o’tkaziladi.



Aloqador xabarlar