Kurtulmush, Turkiya va uning ittifoqchi davlatlarining terrorga qarshi kurash faoliyatini baholadi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush, Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bergan bayonotida bugungi kundagi Turkiya bilan uning do’st va ittifoqchi davlatlarining terrorga qarshi kurash faoliyatlarini baholadi.

666977
Kurtulmush, Turkiya va uning ittifoqchi davlatlarining terrorga qarshi kurash faoliyatini baholadi

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush Turkiyaning ittifoqchi davlatlaridan PKK terror tashkilotlariga qarshi kurashda yordam kutganliklarini ta’kidladi.

Kurtulmush, Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bergan bayonotida bugungi kundagi Turkiya bilan uning do’st va ittifoqchi davlatlarining terrorga qarshi kurash faoliyatlarini baholadi.

“Biz do’st va ittifoqchi davlatlarimizdan faqatgina DEASh terror tashqiloti haqidagi bir necha ma’lumotlarni baham ko’rishishlarini emas balki, PKK/PYD terror tashkilotlarining ham Turkiyaga qarshi amalga oshirmoqchi bo’lgan faoliyatlari haqida ma’lumot berishlarini xohlar edik. Do’stlik va ittifoqchi davlat bo’lishlik mana shularni talab qiladi. Oxirgi vaqtlarda ma’lumotlarni baham ko’rishishlik borasida ijobiy tomonga o’zgarishlar qayd etildi. Lekin biz ma’lumotlarning bir bo’lagini emas barchasining baham ko’rilishini xohlar edik” deya gapirdi.   

 



Aloqador xabarlar