Prezident Erdog'an Germaniya kantsleri Angela Merkelni Prezidentlik qarorgohida qabul qildi

Turkiya tarixidagi 15-iyul voqeasi ortidan Turkiyaga birinchi marotaba tashrif buyurgan Germaniya kantsleri Angela Merkelni Prezidentlik qarorgohida qabul qilgan Erdog’an Merkelning “Islomist terror” ifodasiga qarshi norozichilik bildirdi.

664684
Prezident Erdog'an Germaniya kantsleri Angela Merkelni Prezidentlik qarorgohida qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an islom bilan terror degan tushunchaning birgalikda tilga olinmasligi kerakligini aytdi.

Prezident Erdog'an amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Germaniya kantsleri Angela Merkelni Prezidentlik qarorgohida qabul qildi.

Rajap Tayyip Erdog'an qabuldan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Merkel tomonidan tilga olingan “Islomist terror” tushunchasiga norozichilik bildirib,  “Aytib o’tish joizki xalqim bu masalani noto’g’ri tushungan bo’lishi mumkin. “Islomist terror” ifodasi haqida kantslerga ma’lumot berdim. DEASh terror tashkiloti yuzasidan ushbu ifodani tilga olgudek bo’lsak unda biz butun musulmon aholisini ranjida qilib qo’ygan bo’lamiz. Islom dini to’g’risida bunday ifodani tilga olishlik noto’g’ri. “Islom” bilan “terror” tushunchasi birgalikda ishlatilmaydi. Chunki islom degani tinchlik degan manoni anglatadi. Shunday ekan iltimos bunday ifodaning tilga olinishiga yo’l qo’ymaylik. Agar bu ifoda tilga olinganida indamaygina, jimjirt qarab turgudek bo’lsak unda buni biz ham qabul qilgan bo’lamiz. Men musulmon diniga mansub bir prezident sifatida buni aslo qabul qilolmayman. Bugungi kunda dunyoning hech qaysi davlati bizchalik DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borayotgani yo’q. Hamma til uchida lekin biz esa qarorlilik bilan amalda kurash olib bormoqdamiz va olib borishni davom ettiramiz” dedi.

Prezident Erdog'an Germaniyaning Fetullahchi terror tashkilotining 2016-yilning 15-iyulidagi to’ntarish tashabbusiga qaratilgan tergov doirasidagi ekstraditsiya talablariga qarshi ko’rsatgan muomalasini ham tanqid qildi.  

 “Biz ayni vaqtda NATO tashkilotiga a’zomiz. Do’st va hamkor davlat hisoblanamiz. Tezroq qaror qabul qilib, natijaga erishsak yaxshi bo’lar edi. Fetullah terror tashkilotining PKK, PYD, YPG terror tashkilotlaridan hech qanday farqi yo’q” dedi.

Germaniya kantsleri Merkel ham o’z so’zida, xoin to’ntarish tashabbusi ortidan Turkiyaga birinchi marotaba tashrif buyurganligini eslatib, terrorga qarshi kurashda ikki mamlakatning yaqin hamkorlik ichida bo’lishi kerakligini aytdi.

Merkel Suriya va Iroqdagi vaziyatga ham to’xtalar ekan buning xalqaro hamjamiyat o’rtasida javobgarchilik talab qilgan vaziyat ekanligini ifodaladi. Shuningdek, “Har ikki mamlakat tomonidan ham katta ahamiyat kasb etgan Suriya va Iroq masalasiga to’xtaldik. Muhojirlar mavzusi har ikki tomon uchun ham alohida o’ringa ega. Turkiya muhojirlar uchun ajoyib faoliyatlar olib bormoqda. Bu borada Yevropa ittifoqi tomonidan va’da berilgan moliyaviy yordamning yetkazilishi kerak” dedi.

Germaniya kantsleri Merkel, 2016-yilning 15-iyuli kuni bombalangan Turkiya Buyuk Millat Majlisini ham aylanib, ko’rib chiqdi.

 

 



Aloqador xabarlar