Ankarada Turkiya bilan Isroil o’rtasida siyosiy muzokara o’tkazildi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, kecha Ankarada Turkiya-Isroil Tashqi ishlar vazirliklari maslahatchilari darajasidagi siyosiy muzokaralarning 15-raundi bo’lib o’tdi.

663692
Ankarada Turkiya bilan Isroil o’rtasida siyosiy muzokara o’tkazildi

Ankarada Turkiya bilan Isroil o’rtasida siyosiy muzokara o’tkazildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, kecha Ankarada Turkiya-Isroil Tashqi ishlar vazirliklari maslahatchilari darajasidagi siyosiy muzokaralarning 15-raundi bo’lib o’tdi.

1987 yildan e’tiboran amalga oshirilib kelinayotgan siyosiy muzokaralarning 6 yil oradan so’ng, takror yo’lga qo’yilgani, ikki davlat munosabatlarining yaxshilanishiga katta hissa qo’shadi.

Ayni paytda, ushbu muzokaralar 2016 yilning iyun oyida tuzilgan shartnomaning natijasi hisoblanadi.

Siyosiy muzokaralarda Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi dolzarb masalalar ko’zdan kechirildi, shuningdek energetika, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yaqin sharq va Sharqiy O’rta Yer dengizi mintaqalaridagi o’zgarishlarga doir fikr almashildi.

Turkiya-Isroil munosabatlarining mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik jihatidan o’rnagan ro’li ustida hamfikr ekanliklari tilga olindi.

Bu jarayonda har tomonlama aloqalarni rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatish va o’zaro ziyoratlarni yanada jadallashtirish maqsad qilinmoqda.

Shu maqsad bilan Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji kelgusi hafta Isroilga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar