Mevlud Chavushog'lu "Yunoniston xoinlarga bosh pana bergan" dedi

Mavlud Chavushog'lu "Yunoniston bilan jinoyatchilar mavzusidagi kelishuvni bekor qilish bahs mavzusi" dedi.

660900
Mevlud Chavushog'lu "Yunoniston xoinlarga bosh pana bergan" dedi

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'lu Yunonistonning, 8 nafar to'ntaruvchi askarni Turkiyaga qaytarib bermagan qarori bilan aloqali bergan bayonotida, "Yunoniston bilan jinoyatchilar mavzusidagi kelishuvini bekor qilish bahs mavzusi" dedi.

Mevlud Chavusog'lu, Antaliyada Yunonistonning, Fethullah terror tashkiloti (FETO/PDY) davlatni to'ntarish tashbbusidan keyin qochib ketgan 8 askarni Turkiyaga qaytarib bermagan qarori bilan aloqali ma'lumot berdi.

Bu qarorning qat'iylik bilan qabul qilinmas bo'lganini ifoda etgan Chavushog'lu, "Prezidentimizning hayotiga qasd qilgan 8 xoin, oddir bir jinoyatchi emas. Yunoniston ham to'ntaruvlar boshidan o'tkazgan. Qaysi konstitutsiyaga qarashingizdan qat'iy nazar xoinlar himoya qilinmaydi" deb ifoda etdi.

Yunonistonga qochib ketgan 12 nafar to'ntaruvchining adolatga javob berishi kerakligiga diqqat qaratgan Chavushog'lu, hamma narsaning oshikor bo'lishi uchun ularni qaytarib berish kerakligiga diqqat qaratdi.

Chavushog'lu, Yunoniston bilan Turkiya o'rtasida shartnomalar bo'lganini eslatib, "Yunonistonga kerak bo'lgan ma'lumotlar va hujjatlar berilgandir. Mana shuning uchun bu qaror huquqiy emas. Yunoniston xoinlar, terroristlarga bosh pana bermoqda, ularni dastaklagan bir davlatga aylangan. Bu o'zaro aloqalarimizga ta'sirli bo'ladi' dedi.

Chavushog'lu, Yunoniston va Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan shartnomalardan tashqari o'zaro shartnomalarga ham qo'l qo'ygan. Bu doirada kerakli qadam tashlanadi. Terroristlarga, xoinlarga, isyonkorlarga quyosh ochgan bir davlatga biz ham yaxshi qaramaymiz. Yunonistonning buni bilishi kerak" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar