Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tuman rahbarlarini qabul qildi

Mamlakatda ro’y berayotgan terrorchilik harakatlari va uning natijalariga e’tibor qaratgan Erdog’an muvaffaqiyatli bo’lish uchun avvalo mamlakatda tinchlik va farovonlikni ta’minlash zarurligini aytdi.

648297
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tuman rahbarlarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mamlakatga har tomondan hujum qilinganini bildirib, “Bunday hujumlar kuchsiz davlat bo’lganimiz uchun emas, balki kuchli va tobora rivojlanib borayotgan davlat bo’lganimiz uchun sodir qilinmoqda”,-dedi.

Erdog’an prezidentlik saroyida tuman rahbarlarini qabul qildi.

Qabul chog’ida, mamlakatda ro’y berayotgan terrorchilik harakatlari va uning natijalariga e’tibor qaratgan Erdog’an muvaffaqiyatli bo’lish uchun avvalo mamlakatda tinchlik va farovonlikni ta’minlash zarurligini aytdi.

Terror tashkilotlari navbat bilan Turkiyaga hujum qilayotganini aytgan Erdog’an: “15 iyuldagi davlatni to’ntarishga tashabbus va bunga o’xshash juda ko’p harakatni sodir qildilar. Turkiyaga tahdid solgan ekstremist kuchlar aslida bitta markazdan boshqariladi. Biz bularga terror tashkiloti deymiz. Bularning barchasi davlatimiz va xalqimizning dushmanidir”,-dedi.

Terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashni asosiy vazifasi deb bilgan davlatlarning bugungi kunda ularni deyarli o’z panohiga oladigan darajada himoya qilgani insonni taajjublantirishini aytgan Erdog’an: “Mintaqaning tarixi, dini, etnik va madaniy tuzilishini e’tiborga olmasdan, butunlay og’zaki rejalar bilan olib borilgan loyihalar birma-bir suv yuziga chiqmoqda. Turkiya mana shunday siyosiy bo’xron ichida nafaqat o’zi uchun, balki qardosh xalqlar uchun ham eng to’g’ri yo’lni tanlashga harakat qilmoqda”,-dedi.

Uning aytishicha, Suriya va Iroqda ro’y bergan har qanday hodisa Turkiyani yaqindan qiziqtiradi va ta’sir ko’rsatadi.

 


 



Aloqador xabarlar